Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Dhdjfjf
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Kdjbqo
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 70:
Oʻzbeklarning Oʻrta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlari [[tangrichilik]], [[shomonlik]], [[zardushtiylik]], [[buddaviylik]], [[moniylik]] kabi dinlarga eʼtiqod qilganlar. Bu diniy eʼtiqodlarning ayrimlari Oʻrta Osiyoda [[islom dini]] yoyilgunicha (8-asrgacha) saqlangan. Hozirda aksariyat oʻzbeklarning dini islom dini boʻlib, uning [[sunniylik]] mazhabi Oʻzbekiston hududida 10-asrdan soʻng hukmron mavqega ega boʻlgan.
 
h mumkin:
== Urf-odatlari ==
[[File:1989 CPA 6116.jpg|thumb|right|250px|Sovet markasida oʻzbek cholgʻu asboblari]]
Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Anʼanaviy urf-odatlar va marosimlar oʻzbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan shugʻullangan [[voha]] va [[choʻl]] aholisiga xos elementlarni oʻziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qoʻshilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud. Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. [[Hashar]]ning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qoʻni-qoʻshnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida oʻtkaziladigan hashar va boshqalar Jamoa hashari bilan uyjoy, koʻprik qurish va taʼmirlash, ariq-zovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; [[masjid]] qurish va taʼmirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning oʻrni ham katta boʻlgan. Jamoaning har bir aʼzosi mehmondorchilik, maʼraka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. Oʻzbeklarning jamoa marosimlariga [[Navroʻz]] bayrami. mehrjon sayli, lola sayli, qizil gul sayli, Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr), [[Qurbon hayiti]] (Iyd al-Adho), [[sumalak]] sayli va boshqalar, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram oʻz tarixiga ega boʻlib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega boʻlgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin:
# [[Qish]]da oʻtkaziladigan [[gapgashtak]], [[yasayusun]] kabilar;
# [[Bahor]]gi marosimlar — [[Сабантуй]], [[shoxmoylar]] (qoʻsh chiqarish), lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar;
# [[Yoz]]gi marosimlardan qovun sayli, choy momo va h.k.;
# [[Kuz]]gi marosimlar — hosil yigʻimi bilan bogʻliq mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar.
 
# kabilar;
Sovetlar hukmronligi davrida amaldagi mafkuraga muvofiq, bir qancha marosimlar, jumladan, "komsomol toʻyi", "qizil toʻy", Oktyabr (7-noyabr) bayrami, Sovet Armiyasi kuni, Sovet konstitutsiyasi kuni, "Paxta bayrami" va boshqalar joriy etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning koʻpchiligi oʻz-oʻzidan barham topdi, lekin joriy taqvim bilan bogʻliq umumbashariy bayramlardan 1-yanvar — [[Yangi yil]] kuni, 8-mart — [[xalqaro xotin-qizlar kuni]] saqlab qolindi. Ayni vaqtda, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari taʼsis etildi: 1-sentyabr — Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 9-May — Xotira va qadrlash kuni. Shuningdek, Roʻza va Qurbon hayitlari kuni, Navroʻz bayrami tiklandi va yangicha mazmun kashf etdi.
# kabilar;
# h.k.;
# kabilar.
 
i.
 
== Jamoaviy turmush tarzi ==