Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Hdbdrbb
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
HakanIST (munozara | hissa)
k 185.139.136.65 tahrirlari HakanIST versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 53:
Oʻzbek hunarmandchiligining [[temirchilik]], [[degrezlik]], [[misgarlik]], [[zargarlik]], [[duradgorlik]], [[aravasozlik]], yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, marmar oʻymakorligi, [[kulolchilik]] kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda toʻqimachilik, ipakchilik, kashtadoʻzlik, zardoʻzlik, doʻppidoʻzlik kabi uyroʻzgʻor kasbkorliklari taraqqiy etgan.
 
== eʼmorligiMeʼmorligi ==
Oʻzbeklarning anʼanaviy turar joylari qadimdan oʻzigʻa xos boʻlib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan bogʻliq boʻlgan. Turar joylar barpo etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan [[Fargʻona]], [[Buxoro]], [[Xiva]] va [[Shahrisabz]] meʼmorlik yoʻnalishlari mashhur boʻlib kelgan. Uy-joy qurilishida oʻzbeklarda qadimiy uylar, odatda, koʻcha va qoʻshni tomoni devor bilan oʻralgan hovlilardan iborat boʻlgan. Barcha turar joy va xoʻjalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli 2 qismga — bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga boʻlingan. Hunarmandlarning uylarida [[doʻkon]] va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng koʻp tarqalgan 2 xonali uy variantlaridan biri sifatida dahliz va katta uydan iborat boʻlgan uylarni koʻrsatish mumkin. Bunday uy-joylar, odatda, oldi aivonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi oʻrtasida anʼanaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga gʻishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud boʻlgan.
boʻlgan.
 
Oʻzbeklarda doimiy uy-joylar 10-asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki xom gʻishtdan qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan gʻisht qadimdan qoʻllanilib kelinsada, keng miqyosda undan uyjoy qurish 9-asrdan boshlandi. Buxoro va Xivada hovli eshiklariga [[jez]] yoki [[temir]]dan yasalgan bolgʻa yoki halqasimon boldoq osilgan.
osilgan.
 
Eski tipdagi uylarning xonalari va derazalari ayvonga qaragan. Eshiklar ichkariga, darchalar tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorugʻlik tushadigan tuynuk qoʻyilgan va unga yogʻoch yoki ganchdan yasalgan panjara oʻrnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida toʻgʻri burchakli peshtoq (poygak) boʻlib, unga poyabzal yechib qoʻyilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnob) joylashgan boʻlib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Fargʻona vodiysida va Toshkentda [[pishiq gʻisht]], Xivada maxsus [[sopol]] terilgan.
terilgan.
 
Odatda, uylarning tarhi oila aʼzolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat boʻlgan. Hovlida esa xoʻjalik uchun [[omborxona]], [[hojatxona]] va [[molxona]] boʻlgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2-qavatda — boloxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shahrilarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalardan toʻy hashamlarda, motam marosimlarida ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlari mehmonxonalarda mahalla erkaklari toʻplanishib gapgashtaklar oʻtkazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan boʻlib, uylarning qurilishidagi milliy anʼanalar zamonaviy koʻrinishlar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. Bugungi uylar muayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilmoqda<ref>Жилина А. Н.. Томина Т. Н., Народы Средней Азии. Традиционное жилище народов Средней Азии (XIX — начало XX в. Оседло-земледельческие районы). М.,1993</ref>.
.
 
== Milliy kiyimlari ==