Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tarixx
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tavorix
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 5:
'''Oʻzbeklar''' — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (28 mln.), Tojikistonda (3 mln koʻproq), Qirgʻizistonda (2 mln kishi), Qozogʻistonda (1 mln kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (4 mln.dan 8 mln.gacha), Rossiyada (700 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (137 ming kishi, 1998-yil) Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 50 milliondan ortiq (2018). Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
 
== Oʻzbeklar etnogenezetnogenezi ==
Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — [[Movarounnahr]]daMovarounnahrda, [[Xorazm]]daXorazmda, [[Yettisuv]]daYettisuvda, qisman [[Sharqiy Turkiston]]ningTurkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma [[dehqonchilik]], [[hunarmandchilik]] bilan shugʻullanib kelgan mahalliy [[sugʻdiylar]], [[baxtariylar]], [[xorazmiylar]], fargʻonaliklar, yarim chorvador [[qangʻlilar]], [[eftaliylar]], koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi eroniy etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, [[Oltoy]], Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda [[Volga]] va [[Ural]] daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turko-mongol xalqlar ham oʻzbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.
 
Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo]] oraligʻida soʻnggi [[jez davri]]dayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va [[assimilyatsiya]] jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. [[Qangʻ davlati]] davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida [[turkiy tillar|turkiy tilli]] etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan. Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar [[kushonlar]] hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, [[Jungʻoriya]]danJungʻoriyadan, Sharqiy Turkistondan siljigan [[xioniylar]], [[kidariylar]] va [[eftaliylar]]direftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan [[Turk xoqonligi]] (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari ([[Toshkent]], [[Zarafshon]], [[Qashqadaryo]], [[Surxondaryo]] vohalari, [[Fargʻona vodiysi]]) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan.
 
8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, [[arablar]] (7—8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9—10-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan<ref>[http://www.library.cjes.ru/online/?a=con&b_id=416&c_id=4483 Этнический атлас Узбекистана. Археология узбекской идентичности]</ref>.
 
== Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni ==