Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Jahont
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
HakanIST (munozara | hissa)
k 37.110.215.32 tahrirlari 37.110.210.100 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 5:
'''Oʻzbeklar''' — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (28 mln.), Tojikistonda (3 mln koʻproq), Qirgʻizistonda (2 mln kishi), Qozogʻistonda (1 mln kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (4 mln.dan 8 mln.gacha), Rossiyada (700 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (137 ming kishi, 1998-yil) Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 50 milliondan ortiq (2018). Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
 
== Oʻzbeklar etnogenezietnogenez ==
Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — Movarounnahrda[[Movarounnahr]]da, Xorazmda[[Xorazm]]da, Yettisuvda[[Yettisuv]]da, qisman [[Sharqiy TurkistonningTurkiston]]ning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma [[dehqonchilik]], [[hunarmandchilik]] bilan shugʻullanib kelgan mahalliy [[sugʻdiylar]], [[baxtariylar]], [[xorazmiylar]], fargʻonaliklar, yarim chorvador [[qangʻlilar]], [[eftaliylar]], koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi eroniy etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, [[Oltoy]], Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda [[Volga]] va [[Ural]] daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turko-mongol xalqlar ham oʻzbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.
 
Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo]] oraligʻida soʻnggi [[jez davri]]dayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va [[assimilyatsiya]] jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. [[Qangʻ davlati]] davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida [[turkiy tillar|turkiy tilli]] etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan. Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar [[kushonlar]] hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jungʻoriyadan[[Jungʻoriya]]dan, Sharqiy Turkistondan siljigan [[xioniylar]], [[kidariylar]] va eftaliylardir[[eftaliylar]]dir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan [[Turk xoqonligi]] (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari ([[Toshkent]], [[Zarafshon]], [[Qashqadaryo]], [[Surxondaryo]] vohalari, [[Fargʻona vodiysi]]) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan.
 
8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, [[arablar]] (7—8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9—10-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan<ref>[http://www.library.cjes.ru/online/?a=con&b_id=416&c_id=4483 Этнический атлас Узбекистана. Археология узбекской идентичности]</ref>.
 
== Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni ==
[[Qoraxoniylar]] davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yaquniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — 12-asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.
 
13-asr boshlarida [[Moʻgʻullar istilosi|Chingizxon istilosi]] davrida moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida koʻp sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. 15-asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli koʻp qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir boʻldi va ular shakllangan oʻzbek elatining keyingi taraqqiyotida malum darajada iz qoldirdilar.
 
Chigʻatoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik [[Amir Temur]] va [[temuriylar]] davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda "turkiy" yoki "chigʻatoy turk" tili deb nomlangan. Ayniqsa, taraqqiy etgan oʻzbek adabiy tili [[Alisher Navoiy]] davrida eng yuqori nuqtaga koʻtarildi. Ammo xalqning jonli tili koʻp dialektli boʻlib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva — qarluq, qipchoq va oʻgʻuz dialektlari asos boʻlgan. Maʼlumki, shakllangan oʻzbek elatining Amir Temur va temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga [[barlos]], [[jaloyir]], [[qavchin]], [[arlot]], [[qipchoq]] kabi etnik guruhlar ham faol taʼsir qilgan.
 
== O'zbek EtnonimiEtnonim ==
Oʻzbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda Oʻrta Osiyoga [[mangʻit]], [[qoʻngʻirot]], [[nayman]], [[nukus]], [[uygʻur]], [[qiyot]], [[olchin]], [[saroy]], [[qatagʻon]], [[qushchi]], [[doʻrmon]], [[kenagas]], [[qirq]], [[yuz]], [[ming]], [[bahrin]] va boshqalar [[Dashti Qipchoq]] oʻzbek etnik guruhlarining navbatdagi toʻlqini kirib keldi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan. Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oraligʻi va Xorazmga kelib oʻrnashgan etnik guruhlar "oʻzbek" nomi ostida mahalliy aholi etnik rangbarangligini birmuncha koʻpaytirgan boʻlsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan oʻzgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan oʻzbek xalqining tarkibiga kelib qoʻshilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, anʼanalariga, madaniyatiga[[madaniyat]]iga, xoʻjalik faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular "oʻzbek" nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom boʻlib qolgan. Oʻz oʻrnida aytib oʻtish lozimki, oʻzbek etnonimining kelib chiqishi boʻyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qabilalarning bir qismi oʻzlarini erkin tutganliklari sababli "oʻzbek", yaʼni "oʻz-oʻziga bek" deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xrsxem) "oʻzbek" etnonimini [[Oltin Oʻrda]] xoni [[Oʻzbekxon Sulton Muhammad]] (14-asr) nomi bilan bogʻlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigoryev, A.A. Semyonov va boshqa Ahmedovlar) oʻzbek nomi Oq Oʻrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da koʻchib yurgan turkmoʻgʻul qabilalariga taalluqli boʻlgan degan fikrni bildiradilar.
 
Temuriylar saltanati oʻrnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan [[Buxoro amirligi|Buxoro]] va [[Xiva xonligi|Xiva xonliklari]], 18-asr boshlaridan [[Qoʻqon xonliginingxonligi]]ning vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan boʻlsada, bu holat oʻzbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar boʻlishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi oʻzaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib kelganlar.
 
== Oʻzbeklarning 92 urugʻi ==
Qator 81:
Oʻzbeklarning Oʻrta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlari [[tangrichilik]], [[shomonlik]], [[zardushtiylik]], [[buddaviylik]], [[moniylik]] kabi dinlarga eʼtiqod qilganlar. Bu diniy eʼtiqodlarning ayrimlari Oʻrta Osiyoda [[islom dini]] yoyilgunicha (8-asrgacha) saqlangan. Hozirda aksariyat oʻzbeklarning dini islom dini boʻlib, uning [[sunniylik]] mazhabi Oʻzbekiston hududida 10-asrdan soʻng hukmron mavqega ega boʻlgan.
 
== Urf-odatlari ==
Oʻzbeklarninh mumkin:
[[File:1989 CPA 6116.jpg|thumb|right|250px|Sovet markasida oʻzbek cholgʻu asboblari]]
Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Anʼanaviy urf-odatlar va marosimlar oʻzbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan shugʻullangan [[voha]] va [[choʻl]] aholisiga xos elementlarni oʻziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qoʻshilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud. Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. [[Hashar]]ning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qoʻni-qoʻshnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida oʻtkaziladigan hashar va boshqalar Jamoa hashari bilan uyjoy, koʻprik qurish va taʼmirlash, ariq-zovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; [[masjid]] qurish va taʼmirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning oʻrni ham katta boʻlgan. Jamoaning har bir aʼzosi mehmondorchilik, maʼraka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. Oʻzbeklarning jamoa marosimlariga [[Navroʻz]] bayrami. mehrjon sayli, lola sayli, qizil gul sayli, Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr), [[Qurbon hayiti]] (Iyd al-Adho), [[sumalak]] sayli va boshqalar, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram oʻz tarixiga ega boʻlib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega boʻlgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin:
# [[Qish]]da oʻtkaziladigan [[gapgashtak]], [[yasayusun]] kabilar;
# [[Bahor]]gi marosimlar — [[Сабантуй]], [[shoxmoylar]] (qoʻsh chiqarish), lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar;
# [[Yoz]]gi marosimlardan qovun sayli, choy momo va h.k.;
# [[Kuz]]gi marosimlar — hosil yigʻimi bilan bogʻliq mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar.
 
Sovetlar hukmronligi davrida amaldagi mafkuraga muvofiq, bir qancha marosimlar, jumladan, "komsomol toʻyi", "qizil toʻy", Oktyabr (7-noyabr) bayrami, Sovet Armiyasi kuni, Sovet konstitutsiyasi kuni, "Paxta bayrami" va boshqalar joriy etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning koʻpchiligi oʻz-oʻzidan barham topdi, lekin joriy taqvim bilan bogʻliq umumbashariy bayramlardan 1-yanvar — [[Yangi yil]] kuni, 8-mart — [[xalqaro xotin-qizlar kuni]] saqlab qolindi. Ayni vaqtda, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari taʼsis etildi: 1-sentyabr — Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 9-May — Xotira va qadrlash kuni. Shuningdek, Roʻza va Qurbon hayitlari kuni, Navroʻz bayrami tiklandi va yangicha mazmun kashf etdi.
# kabilar;
# kabilar;
# h.k.;
# kabilar.
 
<br />
 
== Jamoaviy turmush tarzi ==
Qator 97 ⟶ 98:
Hozirgi davrda oʻzbeklar zamonaviy kasbhunarni egallamoqdalar. [[Kompyuter]] va [[internet]]dan foydalanish oʻzbeklar hayotiga singib ketdi. Demokratik jarayonlar rivojlanmoqda. Milliy, madaniy qadriyatlarga eʼtibor kuchaymoqda.
 
== Shuningdek qarang ==
== qarang<nowiki/>[[Afgʻonistonlik oʻzbeklar|oʻzbeklar]][[Rossiyalik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]==
* [[Afgʻonistonlik oʻzbeklar]]
* [[XitoylikRossiyalik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]
* [[Tojikistonlik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]
* [[Turkmanistonlik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]
* [[Xitoylik oʻzbeklar]]
* [[Qirgʻizistonlik oʻzbeklar]]
* [[Qozogʻistonlik oʻzbeklar]]
* [[Moʻgʻulistonlik oʻzbeklar]]
* [[Oʻzbek urugʻlari]]
 
== Adabiyot ==
* Yakubovskiy A.Yu., K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda. T., 1941;
* Ismoilov H., Anʼanaviy oʻzbek kiyimlari (Etnografik materiallar), T., 1978;
* Shaniyazov K. 111., Ismailov X.I., Etnograficheskiye ocherki materialnoy kulturm uzbekov konsa XIX — nachala XX v., T., 1981;
* Ahmedov B., Tarixdan saboqlar, T, 1995;
* Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001;
* Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001;
* Kadmrova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987;
* Qoraboyev U., Oʻzbek xalq bayramlari, T., 2002;
* Jabborov I., Oʻzbeklar anʼanaviy turmushi va madaniyati, T., 2004;
* Oʻzbek pazandalik sanʼati, T., 2005.
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
== Havolalar ==
* [http://archive.is/PNPwx <small>История формирования узбекского народа</small>]
 
{{OʻzME}}
* [[Tojikistonlik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]
{{Oʻzbeklar}}
* [[Turkmanistonlik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]
{{Turkiy xalqlar}}
* [[Xitoylik oʻzbeklar|oʻzbeklar]]