Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 3:
'''Oʻzbeklar''' — xalq, [[Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki [[Oʻrta Osiyo]]dagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (28 mln.), [[Tojikiston]]da (3 mln koʻproq), [[Qirgʻiziston]]da (2 mln kishi), [[Qozogʻiston]]da (1 mln kishi), [[Turkmaniston]]da (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, [[Afgʻoniston]]da (4 mln.dan 8 mln.gacha), [[Rossiya]]da (700 ming kishi), [[Saudiya Arabistoni]]da (550—600 ming kishi), [[Xitoy]]da (137 ming kishi, 1998-yil) [[Turkiya]], [[Olmoniya]], [[AQSh]]da ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 50 milliondan ortiq (2018). Oʻzbeklar [[oʻzbek tili]]da soʻzlashadilar. Dindorlari — [[Sunniylik|sunniy musulmonlar]].
 
== Oʻzbeklar etnogenezetnogenezi ==
Oʻzbeklar turklar boʻlgan.Davlatni mavjud; qozoq, turkman, qirgʻiz, Ozarbayjon va Turkiya, turk xalqi kabi bir millat emas. Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — [[Movarounnahr]]da, [[Xorazm]]da, [[Yettisuv]]da, qisman [[Sharqiy Turkiston]]ning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma [[dehqonchilik]], [[hunarmandchilik]] bilan shugʻullanib kelgan mahalliy [[sugʻdiylar]], [[baxtariylar]], [[xorazmiylar]], fargʻonaliklar, yarim chorvador [[qangʻlilar]], [[eftaliylar]], koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi eroniy etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, [[Oltoy]], Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda [[Volga]] va [[Ural]] daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turko-mongol xalqlar ham oʻzbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.