Toshkent teleminorasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 76:
Minoraning og‘irligi (jihozlarsiz) — 6000 tonna. ''(Bu 6192 dona „[[Neksiya]]“ avtomobilining jamlangan og‘irligiga teng.)''
 
Teleminoraga chiqish uchun [[Shveytsariya]]ning uchta “Shindler”„Shindler“ lifti o‘rnatilgan bo‘lib, ularning tezligi 1 soniyada 4,8 metrni tashkil qiladi.<ref>https://m.kun.uz/news/2020/01/16/toshkent-teleminorasi-ochilganiga-35-yil-toldi-video</ref>
 
Teleminorada sayyohlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya va „Koinot“ restorani xizmatlari yoʻlga koʻyilgan. 2019 yil noyabrdan boshlab teleminoraga tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat soʻrash tartibi bekor kilindi. Yaʼni endi teleminoraga pasportsiz kirish mumkin.
 
Shu bilan birga, mehmonlarga yanada kulaylik yaratish maksadida QR-kodli tizim qurilmalari oʻrnatildi. Minoraning 100 metr balandligida tomosha maydonchasi va 105 metr balandlikda „Koinot“ restoranining „Moviy“ zali faoliyat koʻrsatyapti.
 
Ish vaqti — har kuni 10:00 dan 20:00 gacha. Chipta narxi kattalar uchun 35 ming soʻm, 7-16 yoshgacha boʻlganlarga esa 15 ming soʻmni tashkil etadi. Dam olish kunlari narx 5 ming soʻmga oshadi.
 
Qishki mavsumda kuniga 200-300 nafar tashrifchi keladi. Boshqa vaqtlari esa tashrif buyuruvchilar soni 1500 nafardan ham oshadi.
 
100 metr balandlikdagi tomosha maydonchasida shahar manzarasini tomosha qilish uchun bir nechta binokulyarlar oʻrnatilgan. Undan foydalanish uchun jeton tashlanadi. Bitta jeton narxi 2 ming soʻm.
 
105 metr balandlikdagi „Koinot“ restorani har 45 daqiqada bir marta aylanadi. Mehmonlar taom tanovul qilish asnosida shaharni yuqoridan toʻliq tomosha qilib olishlari mumkin.
 
== Minora qoʻllanishi ==