UNESCO: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni to'g'irladim, mahsus emas, maxsus deb yoziladi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
Bu tashkilotning qurilishiga, [[1945]]-yil Noyabr oyida [[London]]da 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi [[Parij]]da. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
 
'''Yunesko''' — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida [[1946]] yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrdan) aʼzo (2004). YUNESKO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.
 
Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika — kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1 marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997 yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har yili 2 marta yigʻiladi. Uning 155-sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998 yil 6 noyab.). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Matssura, 1999 yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani "YUNESKO kuryeri" jur. (30 tilda nashr qilinadi), "Kelajak" (taʼlim sohasidagi haftalik), "Muzey", "Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi", "Tabiat va resurslar", "Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma", "Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi", "Impakt: fan va jamiyat" kabilardir. YUNESKO har 2 yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. YUNESKO "Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi" (6 jild), "Islom madaniyatining turli jihatlari" (6 jild), "Lotin Amerikasi davlatlari tarixi" (7 jild), "Karib havzasi davlatlari tarixi" (6 jild), "Afrika umumiy tarixi" (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi" xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998 yillarda bosilib chiqdi. "Ipak yoʻli — muloqot yoʻli" jahon dasturi YUNESKOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn yilligi (1989—99 yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. YUNESKOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi.