Limon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Limon''', '''limu''' (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bar-gi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor. Asosan, hoʻlligicha yeyiladi, konditer mahsulotlari tayyorlashda, sharbat, limonad, limon kislota olishda ishlatiladi.
 
L. qalamchasidan va payvandlash yuli bilan koʻpaytiriladi. Bogʻda 2,5><4 sxemada ekiladi. Koʻchati oʻtkazilganidan key-in 3—4-yili hosil beradi. 1 tup daraxti 15–20&nbsp;kg hosil qiladi. Ochiq bogʻlarda L. kuklam, yoz va kuzda usadi, qishda tinim davriga oʻtadi. Koʻklamda gullaydi, mevasi 150—170 kunda yetiladi. Transheya sharoitida esa kuzda harorati 3—5° ga tushganda oʻsishdan tuxtab, koʻklamda harorat 10—12° ga koʻtarilganda oʻsishni davom ettiradi. Barglari har 2—3 yilda yangilanadi. L. issiqsevar, yorugʻsevar va namga talab-chan oʻsimlik. —1,5, —2° da meva va pishmagan novdalarini, —5, —6° da tupini sovuq uradi. Havo harorati 17—18° da boʻlganda normal rivojlanadi. L. chi-rindiga boy, suvni yaxshi oʻtkazadigan yengil tuproqlarda moʻl hosil beradi. L. Oʻzbekistonda 1949 yildan transheyada oʻstirila boshladi. L.ning Novogruzinskiy, Udarnik, Meyer va boshqa navlar bor. Meyer navi transheya sharoitida ekiladi, daraxti past boʻyli kam tikanli, apr. — mayda yoppasiga gullaydi; koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili xreilga kiradi. 4—5 yoshli daraxti 50—70 dona, 9—10 yoshdagisi 120—150 dona meva beradi. Mevasi okt.— noyabrda pishadi. Keyingi yillarda xalq se-leksioneri, faxriy akademik Zayniddin Faxriddinov yetishtirgan yirik mevali (400—950 g) Toshkent, Yubileyniy nav L.lari ham oʻstirilmoqda.Bizning hududimizda limon yetishtirishning qonun qoidalari
 
 
 
 
 
Sitrus o‘simliklari issiqsevar bo‘lganligi bois, ular sovuqqa chidamsiz, mevasining yetilishi uchun juda ko‘p foydali issiq harorat yig‘indisini talab qiladi, o‘suv davri ancha uzoq. Shuning uchun respublikamizda sitrus o‘simliklari hosili issiqxona va transheyalarda yetishtiriladi.
Sitrus o‘simliklari normal o‘sib rivojlanishi va hosil tug’ishi uchun 4000°C dan ortiq foydali harorat yig‘indisini talab qiladi. Masalan, apelsin mevasi pishib yetilishi uchun 4500°C issiqlik zarur.
Ular orasida issiqqa eng talabchani apelsindir. U normal hosil tug’ishi uchun sutkalik o‘rtacha harorat 220–240 kun davomida 10°C dan yuqori bo‘lishi kerak.
Ilmiy-tadqiqotlar va ilg‘or xo‘jaliklar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sug‘oriladigan hududda limonning «Meyer» navidan sifatli, mo‘l va muntazam hosil olish imkonini bermoqda.
Bu nav bo‘yi nisbatan kichikligi va erta hosil bera boshlashi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ko‘chati o‘tqazilganidan 2 yildan so‘ng hosilga kiradi. Mahalliy sharoitga ko‘proq moslashgan, biroq sovuqqa chidamli bo‘lmaganligi bois issiqxonalarda o‘stirilmoqda. Yaxshi parvarish qilinganda har tupidan 400–500 tagacha limon mevasini olish mumkin.
Issiqxonalarda sutkalik o‘rtacha harorat 10°C dan yuqori bo‘lganida limon novdasi o‘sa boshlaydi.
Sutkalik o‘rtacha harorat 16–18°C ga yetganida limon qiyg‘os g‘unchalaydi, 18–22°C da esa gullaydi.
Limon o‘z-o‘zidan va chetdan changlanadigan o‘simlik. Chetdan changlanishi asalarilar yordamida o‘tadi, bu tugunchalarining ko‘proq hosil bo‘lishiga yordam beradi. O‘sish va shakllanish davrida (aprel-may) 20–25°C qulay harorat va havoning nisbiy namligi 70–80% bo‘lganida foydali gullashi 22–25% ga yetadi. Havo quruqligi va haroratning keskin oshirish tugunlarning ko‘plab to‘kilib ketishiga olib kelishi mumkin.
 
Limon o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq sharoiti muhim ahamiyatga ega. Sizot suvlar yaqin sho‘r yerlarda va strukturasi soz tuproqlarda o‘sa olmaydi.Zichligi o‘rtacha qumoq tuproqli yerlar va suv, havo o‘tkazuvchanligi yengil tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Issiqxonalar limon ko‘chatlarini ekishdan oldin tuproq yaxshilab tekislanib, gektariga 60–80 tn chirigan go‘ng, 600 kg superfosfat hamda 150 kg kaliy o‘g‘itlari solinib, 50–60 sm chuqurlikda yer haydaladi.
Ko‘chati 4×3 m sxemada ekiladi. Ko‘chatlarni ekish paytida har bir chuqurga 10–15 kg chirigan go‘ng, 100–150 g superfosfat va 50 g kaliyli o‘g‘itlar tuproq bilan aralashtirib solinadi.
Bir yoshli o‘simliklarda 3–4 ta birinchi tartib pishgan novdalari va tanasining yo‘g‘onligi 0,7–0,8 sm bo‘lishi kerak. Ikki yoshli ko‘chatda ikkinchi tartibdagi novdalar, tanasining yo‘g‘onligi esa kamida 1 sm bo‘lishi lozim. Kuzgi limon ko‘chati ildiziga yopishgan tuprog‘i bilan ekiladi. Aks holda o‘simlikning bir qismi nobud bo‘ladi.
O‘tkazishdan oldin bog‘ qaychi bilan oxirgi o‘sish darajasining uchdan bir qismi, shuningdek ortiqcha novdalari, ildizning singan qismi kesib tashlanadi. Ko‘chat o‘tkazilganda ko‘chatlarning ildiz bo‘g‘zi tuproq sathidan 2–3 sm yuqorida bo‘lishi kerak. Ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng atrofidagi tuproq zichlanadi va bir chelakdan suv quyiladi. So‘ngra har bir qatorning ikkala tomonidan tuplar tanasidan 25–30 sm masofada olingan egatlar bo‘ylab sug‘oriladi.
Ko‘chatlar chuqurligi 15–20 sm li qilib olingan ariqlardan jildiratib tuproq 40–50 sm chuqurligida nam¬langunicha sug‘oriladi. Tuproq vegetatsiya davomida doimo nam holatda bo‘lishi kerak. Uchinchi yilda sug‘orish egatlari o‘simlik tanasidan 50 sm gacha ko‘chirilib, 30–40 sm gacha chuqurlashtiriladi.
Sitrus o‘simliklari normal o‘sishi va yaxshi meva berishi uchun tuproqning optimal namligi 70–85% ni tashkil etishi kerak. Sug‘orishlar bo‘lib–bo‘lib (mavsumda 25 martagacha) o‘tkaziladi. Ularning miqdori ob–havo va o‘simlik holatiga qarab belgilanadi.
 
Qishda issiqxonalarda tuproqqa go‘ng va superfosfat solinib25–30 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Tuproqqa ishlov berishda o‘simlikning 15–35 sm chuqurlikkacha yetgan ildiz sistemasini shikastlamaslik uchun ehtiyotlik bilan ish ko‘riladi. Begona o‘tlarni o‘tash va ularni issiqxonadan chiqarib tashlash zarur, chunki ular o‘simlikni shira va boshqa zararkunandalardan zararlanishi uchun manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Limon tuplari birinchi marta qishda vegetatsiya boshlanguncha, ikkinchi marta gullash oldidan va 3–4 marta tugunlar to‘kilgandan so‘ng va mevalar o‘sishi davrida 20–25 kun oralatib shatmoq bilan sug‘oriladi. Shatmoq sigir, qo‘y – echkilarning va parranda go‘ngini (2:1:1) ariq suvida yaxshilab ezib, sug‘orish egatlariga quyiladi. Yozda shatmoq kechqurun va ertalab beriladi.
Yuqori va mo‘l hosil olish uchun tuplarning faqat meyorda oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishi bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. O‘sib ketgan va shakllangan novdalarni daraxt yoshiga, munosib ravishda siyraklash, chilpish va butash zarur. Bunda tupning o‘sishi va meva berishi yaxshilanadi.
Sitrus o‘simliklari ko‘pincha soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5 6 kun oralatib 2 marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham bo‘ladi. Bunda o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan ho‘llash zarur.
O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun yoki bulutli kunlarda o‘tkaziladi.
Qora kuyasimon zamburug‘lar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1% li bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qo‘shimcha purkalgandagina xolos etadi.O‘rgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash yaxshi samara beradi. Vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali.
O‘simlik tanasi gommoz yelim oqish bilan kasallanganda, kasallikning ilk bosqichida shikastlangan po‘stloq qismi va yog‘ochi sog‘lom qatlamgacha kesib tashlanadi. Bundan so‘ng tozalangan joy 3% li mis kuporosi bilan dizenfeksiya qilinadi va bog‘ qatroni bilan shuvaladi. Qatron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mumiga (2:1) oz miqdorda mol yog‘i qo‘shib eritiladi.
Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib yondiriladi, tuprog‘i esa 1% li formalin eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi.
 
 
 
== Adabiyot ==