Soliq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎top: Tuzatildi: S. → Soliq (ushbu tahrir toʻliq amalga oshirilmadi)
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''SoliqAHROR''', [[davlat]] yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va [[jismoniy shaxs]]lardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat [[budjet]]i [[daromad]]lar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof [[daromad]]ning bir qismini [[budjet]]ga jalb qilish shakli boʻlib, [[moliya]]viy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
 
==Tarixi==
Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam [[Bobil]] davlatida [[Hammurapi qonunlari]] bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.