Évariste Galois: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Perhelion (munozara | hissa)
better version (GlobalReplace v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Evariste galois.jpg|thumb|right|GaloisGalua oʻn besh yoshida. Sinfdoshi chizgan surat.]]
'''ÉvaristeEvarist GaloisGalua''' ([[IPA]]: evaʁist gaˈlwa; [[25 oktabr]], [[1811]] – [[31 may]], [[1832]]) [[fransiya|fransuz]] matematigi boʻlgan. Oʻsmirligidayoq [[koʻphad]]larni [[arfimetik ildiz|radikallar]] bilan yechishni taklif qilib, uzoq yillar davomida koʻrilib kelinayotgan muammoni hal qildi. Uning ishlari [[algebra]]ning katta sohalaridan biri - [[Galois nazariyasi]]ga asos boʻldi.
== Tarjimai holi ==
GaloisGalua [[1811]] yilning [[25 oktabr]]ida [[Parij]] yaqinidagi [[Bourg-la-Reine]] qishlogʻida, Nicolas-Gabriel Galois va Adélaïde-Marie (qizlik familiyasi Demante) oilasida tugʻildi. Otasi Nicolas-Gabriel siyosatdon boʻlib, keyinchalik ([[1814]]) qishloq hokimi lavozimiga oʻtirdi. Onasi Adélaïde-Marie esa oʻqimishli, [[klassik adabiyot]]ga qiziquvchi va [[lotin tili]]dan boxabar ayol edi; u oʻgʻlining tarbiyasiga katta eʼtibor qaratgan.
 
Évariste [[1823]] yili "Louis-le-Grand" litseyiga oʻqishga kiradi. U yerda lotin tilidan mukofotga erishadi. 14 yoshida esa matematikaga qiziqib ketadi (keyinchalik u bunga [[Adrien Marie Legendre]]'ning ''Éléments de Géométrie'' kitobi sabab boʻlganini aytadi). 15 yoshiga kelib u [[Joseph Louis Lagrange]] va [[Niels Henrik Abel]]'larning professional matematiklar uchun yozgan ishlarini oʻqir edi, bu esa uning boshqa fanlarni tashlab qoʻyishiga va oʻqituvchilardan dakki eshitishiga olib kelardi.