Restless Valley: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
}}'''„Restless Valley: Revolution, Murder, and Intrigue in the Heart of Central Asia“''' („Notinch vodiy: Oʻrta Osiyo markazida inqilob, qotillik va fitna“) — rossiyalik-amerikalik jurnalist [[Philip Shihkin]] qalamiga mansub kitob. 2013-yil [[AQSh]]ning [[New Haven (Connecticut)|New Haven]] va Buyuk Britaniyaning [[London]] shahrida [[Yale University Press]] nashriyotida chop etilgan. 2014-yil qayta nashr qilingan. Kitobda 20-asr oxiri — 21-asr boshida [[Oʻrta Osiyo]], xususan, [[Qirgʻiziston]], [[Tojikiston]], [[Oʻzbekiston]] hamda [[Afgʻoniston]] davlatlaridagi siyosiy hayot hamda oddiy aholi turmush tarzi haqida soʻz yuritiladi.
 
Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Robert Legvold ''[[Foreign Affairs]]'' jurnali uchun yozgan taqrizida kitobni yuqori baholadi: „[Shishkin] Qirgʻizistonning 2005-yilgi Lola inqilobi davomida Bishkek koʻchalarida hamda isyonchilar ijro etuvchi hokimiyat joylashgan Oq uyni talayotganida oʻsha yerda boʻlgan. 2005-yilgi aksilhukumat namoyishlar davomida oʻzbek qoʻshinlari [[Andijon voqeasi|Andijonda qilgan qirgʻinni]] koʻrish uchun politsiya toʻsiqlarini yashirin tarzda chetlab oʻtgan. Tuzumi oʻtmishdoshi korrupsiyasidan oʻzib ketgan prezident [[Qurmanbek Bakiyev]]ni hokimiyatdan chetlatgan 2010-yilgi inqilob fonida mamlakatga qaytgan. Shuningdek, Shishkin koʻp oʻtmay [[Fargʻona vodiysi]]da oʻzbeklar va qirgʻizlar oʻrtasida boshlanib ketgan [[Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar (2010)|mikro fuqaroviy urush]] davomida mintaqada qolgan. U [[Afgʻoniston]]dan Oʻrta Osiyoga [[geroin]] tashiluvchi yoʻl boʻylab sayohat qilgan, qirgʻiz va oʻzbek rasmiylari xush koʻradigan qotillik, qiynoq va korrupsiyaning koʻplab qurbonlaridan intervyu olgan. Yoqimsiz, lekin jonli tasvir.“<ref>{{cite journal |last1=Legvold |first1=Robert |title=Restless Valley: Revolution, Murder, and Intrigue in the Heart of Central Asia by Philip Shishkin |journal=Foreign Affairs |date=Sentabr, Oktabr 2013 |volume=92 |issue=5 |pages=170–171 |doi= |accessdate=1-fevral, 2020}}</ref> Ammo muallif kitobda koʻrib chiqilgan davrning eng muhim hodisalaridan biri — Qirgʻiziston janubida oʻzbeklar va qirgʻizlar oʻrtasida sodir boʻlgan milliy nizoga faqat qisqacha toʻxtalib oʻtgani tanqidga uchradi.<ref>{{cite web |last1=Canning |first1=Emily |title=Tension Oror Tranquility: A Tale Ofof Two Valleys |url=https://www.rferl.org/a/book-review-canning-shishkin/25290903.html |publisher=Ozodlik radiosi |accessdate=1- fevral, 2020 |language=inglizcha |date=9-mart, 2014}}</ref>
 
== Boʻlimlari ==