Boltiq dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: kichik o'zgarishlar, replaced: {{reflist}} → {{manbalar}}
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
'''Boltiq dengizi''' — Atlantika okeanining bir qismi. Maydoni 419 ming km². Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40–100 m, eng chuqur yeri 470 m. Boltiq dengizi da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. Boltiq dengizi ga 250 dan ortiq dare (Neva, Gʻarbiy Dvina, Visla Odra va boshqalar) quyiladi. Boltiq dengizi ning iqlimi moʻʼtadil. Jan.da yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanv.niki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500–600&nbsp;mm, baʼzi joylarida 1000&nbsp;mm gacha. Qishda suv yuzasining temperaturasi 1—3°, yezda 18—20°. Boltiq dengizi ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyab.dan apr. oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11‰, boshqa qismlarida 2—3‰ dan 6— 8‰ gacha. Boltiq dengizi da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg , Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va boshqa Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg , Ustka va boshqa<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Boltiq dengizi'''<ref>[http://uza.uz/uz/world/6148/ Boltiq dengizi bo‘yicha strategik faoliyat rajasi ishlab chiqildi], ''[[uza.uz]]''</ref> [[Shimoliy Yevropa]]dagi [[dengiz]]dir. [[Skandinaviya]] yarimoroli, [[Yevropa]] qitʼasi va [[Daniya]] orollari bilan oʻralgan.