Gunnlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k +{{birlashtirish}}
Qator 1:
{{birlashtirish|Hunlar}}
'''Gunnlar''', '''hunnlar''' (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Mil. 1-asrdahunlar Markaziy Moʻgʻulistondan Jungʻoriyaga siqib chiqarilgan. Mil. 155 —160 y.lardahunlarning katta qismi Uraloldi va Volga boʻyiga kelib mahalliy oʻgʻur qabilalari bilan yagona qabila ittifoqiga birlashgan va shundan eʼtiboran Gʻarb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. G.ning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostransev tomonidan olgʻa surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning gʻarbiy tarmogʻini — G., sharqiy tarmogʻini — hunlar deb atashni taqlif etgan. Bu fikrni koʻpchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, L. R. Kizlasov, N. Ya. Merpert, L. N. Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), Ye. Pritsak (Chexiya) va b. qoʻllab-quvvatlashgan. M. Aji (Rossiya) G.ni Dashti Qipchoq aholisi — qipchoqlar deb ataydi.