Hunlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
k {{birlashtirish}}
Qator 1:
{{merge|GunlarGunnlar}}
'''Hunlar''', hunnular — qadimda Markaziy Osiyoda shakllangan koʻchmanchi k xalq. H. bundan 4 ming yil muqad-dam mavjud boʻlgan dilar tarkibiga kirgan. Xitoy manbalarida H. turli davrlarda 32 xil nomda (kvey, kuy, kuyfan, kuyrung , xunyi, hu, shyu-nyun, syunnu va boshqalar) keltirilgan. Baʼ-zan ular beydi (shim. turk) deb ham atalgan. Olimlar oʻrtasida H. etnonimi kun (quyosh) soʻzidan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Yaponiya olimlarining fikricha, "shyunnu" — "kun" soʻzining xitoycha transkripsiyasi boʻlib, u tangri farzandi, kunga (quyoshga) topingan odam, xalq kabi maʼnolarga ega boʻlgan. Ammo xi-toylar shyunnu atamasini yozishda "dahshatli qul" maʼnosini anglatadigan 2 iyeroglifni qoʻllashgan. Xitoy manbalarida Hun xoqonligi ham Shyunnu deb nomlanadi. H. syalar (qad. xitoylar) ning shimolida-gi gʻarbiy qoʻshnilari boʻlib, miloddan avvalgi 2—1-ming yillikda hozirgi Xesi yoʻla-gi, Ordos yaylovlarida yashaganlar. Miloddan avvalgi 3-asr oxirida H. Modexoqon boshchiligida dunxu, yuyechji, gyangun (qirgʻiz), usunlarni tor-mor qilib Xitoyga bostirib kirganlar va imperator Lyu Banni oʻlpon toʻlashga majbur qilganlar.