Qrim Muxtor Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Meʼmorligi: kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl:
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Qrim Muxtor Respublikasi''' — [[Qrim yarim oroli]]da joylashgan [[muxtoriyat|muxtor]] [[respublika]]. Qrim Muxtor Respublikasining maydoni 26 ming km². Aholisi 1 967 119 kishi (2013). Poytaxti — [[Simferopol]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 16 shahar, 56 shaharchaga va 950 qishloqqa boʻlinadi.
 
Qrim Muxtor Respublikasi 2014-yilgacha [[Ukraina]] tarkibida va boshqaruvi ostida boʻlgan. 2014-yil boshida Ukrainada boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlardan keyin Qrim Muxtor Respublikasi Ukrainadan ajrab chiqib [[Rossiya]]ga qoʻshilish uchun referendum oʻtkazdi. Saylov Rasmiylariga koʻra, ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻlladi. Referendumdan soʻng Rossiyada mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — [[Qrim Respublikasi]] va federal ahamiyatga ega Simferopol[[Sevastopol]] shahri tuzish haqidagi qarorlar qabul qilindi.
 
Qrim va Rossiyaning bu harakatlarini Ukraina hukumati va gʻarb mamlakatlari qoralashdi va referendum natijalarini hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshilganini tan olmasliklarini bildirishdi. [[AQSH]] va [[Yevropa Ittifoqi]] Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi [[sanksiya]]lar eʼlon qildi. Rossiya boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq [[integratsiya]] qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi.