Momoxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Momoxon qishlog'i haqida
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Momoxon''' - Namangan viloyati [[Mingbuloq tumani]]dagi qishloq. Tumandagi qadimiy manzilgohlardan biri. Aholisi 12761 kishi (2017). Tuman markazidan 10 kilometr. Yaqin temir yo'l bekati Oqtosh 26 km. G'arbda Qolgandaryo qishlog'i, sharqda Qirqchek qishlog'i, shimolda Sirdaryo, janubda Mehnatobod shaharchasi bilan chegaradosh. Hojiboy arig'i orqali Zadaryo kanalidan suv oladi. Aholisi dehqonchilik, tadbirkorlik bilan mashg'ul.
Tarixi. Rivoyat qilishlaricha, o'tib borayotgan karvonlardan biri xastalanib qolgan qari momoni vaqtincha shu yerda qoldirib ketadi. Qishloq aholisi kampir sog'ayib ketishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi. Shundan "Momo qoldi", "Momo xola" bo'lib bora-bora Momoxon nomini olgan ekan. Bundan tashaqari bu nom qoraqalpoqlarning "Mamarxan" urug'i nomining turli o'zgarishlarga uchrashi orqali vujudga kelgan, degan faraz ham bor. Qo'qon xoni Xudoyorxonning bu yerda qo'rg'onchasi bo'lgan. Qo'qon xonligi arxivi xujjatlarida ham qishloq nomi uchraydi.
 
== Adabiyotlar ==
1. Mamasoli Abdurahmonov. "Cho'llar chaman ochdilar", Namangan nashriyoti. 2017.
 
{{geo-stub}}