Andoza:Yaxshi maqola — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
[[Fayl:The Hundred Thousand Fools of God.jpg|right|120px]]
'''„[[The Hundred Thousand Fools of God]]: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York)“''' („Yuz ming abdol: Oʻrta Osiyoda (va Queens, New Yorkda) musiqiy sayohatlar“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1996-yil chop etilgan, 1999-yil qayta nashr qilingan. Kitobda [[Oʻrta Osiyo]], xususan, [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]] musiqiy merosi, bu xalqlar musiqasida [[Sovet Ittifoqi]] davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Asarda, shuningdek, Levinning doʻsti va hamkasbi, musiqashunos olim [[Otanazar Matyoqubov]] bilan suhbatlari, hamkorlikda qilgan sayohatlari atroflicha yoritilgan. Kitob 23 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] bilan nashr qilingan. Bu kuy va musiqalarning 21 tasini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan. Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Illinois universiteti professori Donna Buchanan kitobni yuqori baholadi: „Garchi bu kitob asosan [[Movarounnahr]] musiqasi haqidagi etno-musiqiy etnografiya boʻlsa-da, u antropologiya, sovet va postsovet tadqiqotlar, islomshunoslik, tillar mutaxassislari uchun hamda ekspressiv madaniyat siyosati, musiqa va [[tasavvuf]], anʼanalar va oʻzgarishlar, qishloq-shahar dialektikasi yoki shunchaki Oʻrta Osiyo hayotining jozibali goʻzalligiga qiziqqan har bir kishi uchun katta ahamiyatga ega“.
 
Kitob 23 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] bilan nashr qilingan. Bu kuy va musiqalarning 21 tasini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.
 
Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Illinois universiteti professori Donna Buchanan kitobni yuqori baholadi: „Garchi bu kitob asosan [[Movarounnahr]] musiqasi haqidagi etno-musiqiy etnografiya boʻlsa-da, u antropologiya, sovet va postsovet tadqiqotlar, islomshunoslik, tillar mutaxassislari uchun hamda ekspressiv madaniyat siyosati, musiqa va [[tasavvuf]], anʼanalar va oʻzgarishlar, qishloq-shahar dialektikasi yoki shunchaki Oʻrta Osiyo hayotining jozibali goʻzalligiga qiziqqan har bir kishi uchun katta ahamiyatga ega“.
 
'''''[[The Hundred Thousand Fools of God|davomi...]]'''''<noinclude>