Ilonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Xayitmurod tahrirlari 213.230.78.146 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 27:
Ilonning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga boʻlinadi. Asosiy oilalari: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, soʻqirilonlar, torogʻizlilar, boʻgʻma ilonlar, qalqondumlilar. Yer yuzida, [[Antarktida]]dan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, yer ustida qalin oʻt-oʻlanlar orasida, [[daraxt]]larda, koʻp turlari [[choʻl]]larda, ayrim turlari [[suv]]da yashaydi. Yirtqich, oʻljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki boʻgʻib oʻddirib keyin yutadi. Tuxum qoʻyadi, ayrimlari tuxumdan tirik tugʻadi. Ilon tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini cheklab turishda katta ahamiyatga ega.
 
Ilon zaharidan tibbiyotda foydalaniladi.Madina zaxriBaʼzi Ilon terisi charm sanoatida qoʻllaniladi. Ayrim Ilon odam uchun xavfli, biroq ular hech qachon birinchi boʻlib hamla qilmaydi.
 
[[Oʻzbekiston]] hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlbor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq,charx ilonlari zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi kiritilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>