Ogʻir sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Ogʻir sanoat''' — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoklaritarmoqlari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnintsanoatning bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqa kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.