Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
chto eto takoe
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 13:
}}'''Bobur''' (taxallusi; toʻliq ismi '''Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo'''; 14-fevral 1483 – 26-dekabr 1530) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, [[Boburiylar|boburiylar sulolasi]] asoschisi, temuriy shahzoda.<ref name=":0">"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20B%20harfi.pdf B-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Hayotisalomat va ijodibōling ==
Boburning otasi — [[Umarshayx Mirzo]] [[Fargʻona viloyati]] hokimi, onasi — [[Qutlugʻ Nigorxonim]] [[Moʻgʻuliston]] xoni va Toshkent hokimi [[Yunusxonning]] qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt [[Andijon]]ning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari [[Sirdaryo]] boʻyida, [[Axsi]]da, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida [[harbiy taʼlim]], [[fiqx ilmi]], [[arab tili|arab]] va [[fors tili|fors]] tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.