Halima Xudoyberdiyeva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
Shoira '''Halima Xudoyberdiyeva''' – 1947 -yil 17 -mayda Boyovutdagi „[[Taraqqiyot]]“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. [[Toshkent]] Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „[[Saodat]]“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „[[Ilk muhabbat]]“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „[[Oq olmalar]]“ (1973), „[[Chaman]]“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „[[Beliye yabloki]]“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „[[Suyanch togʻlarim]]“ (1976), „[[Bobo quyosh]]“ (1977) toʻplamlari bosildi.
 
H. Xudoyberdiyeva „[[Yosh gvardiya]]“ nashriyotida boʻlim boshligʻi (1978—1982), „[[Saodat]]“ jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1984—1994 yillarda „[[Saodat]]“ning bosh muharriri, 1991—1994 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. „[[Muqaddas ayol]]“ (1987), „[[Bu kunlarga yetganlar bor]]“ (1993), „[[Toʻmarisning aytgani]]“ (1996), „[[Saylanma]]“ (2000) shoiraning muhim asarlaridir.
Qator 11:
Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Toʻfon Minnullinning "Alla" pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan.
 
Taniqli shoira Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust 2018-yilda vafot etgan.
 
1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).