Varshava shartnomasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Varshava shartnomasi''' - sobiq sotsialistik lager davlatlari — Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya oʻrtasida 1955 y. 14 mayda Varshavada Shim. Atlantika pakti (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. V.sh. oʻz ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa boʻlib, oʻz-oʻzini himoya etish toʻgʻrisidagi qoidaga asoslanib, V.sh.ga aʼzo davlatlar oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatishni koʻzda tutgan boʻlsada, aslida sotsialistik tuzumga xizmat qildi, xalqlar va millatlarning oʻz takdirlarini oʻzlari belgilash toʻgʻrisidagi xalqaro huquq qoidasini qoʻpol ravishda buzdi. Bu Vengriya (1956 y.), Chexoslovakiyadagi (1968 y.) qonli voqealarda yaqqol koʻzga tashlandi. Shu bilan bir qatorda V.sh.ga "aʼzo-davlatlar teng huquqli boʻlib, birbirlarining ichki ishlariga mutlaqo aralashmaydi", degan qoidaga ham rioya etilmadi.
 
[[1991]] y. 1 iyulda V.sh.ga aʼzo-davlatlar — Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya (V.sh.dan 1968 y.— Albaniya, 1990 y.— GDR chiqqan edi) ishtirokida Praga sh.da Siyosiy maslahat komitetining kengashida V.sh.ni tugatish haqidagi bayonnoma imzolandi va tashkilot tugatildi.
 
== Adabiyotlar ==