Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.87.231 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 63:
 
== „Mubayyin“ asari ==
1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur „Mubayyin“ asarini yozdiyaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd [[Humoyun]] va [[Komron]] Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri [[aruz vazni]], uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari [[„Boburnoma“]] ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yillarda boshlagan.
 
Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, [[„Xatti Boburiy“]], shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif [[arab alifbosi]]ni tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.