Ferdinand de Saussure: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Ferdinand de Saussure by Jullien.png|thumb|220px|Ferdinand de Saussure]]
 
'''Ferdinand de Saussure''' (26-noyabr 1857 – 22-fevral 1913) — shveysariyalik [[tilshunos]]. [[Jeneva]] (1875), [[Leypsig]], [[Berlin]] (1876—80) universitetlarida oʻqigan. Jeneva universitetining professori (1891-yildan). Saussurening birinchi asari hindevropa tillari vokalizmini oʻrganishda, [[tilshunoslik]]da qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi va rivojlanishida mugʻim rol oʻynagan boʻlsa, uning "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) 20-asr [[Yevropa]] tilshunosligi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan. Saussure birinchi boʻlib tilni muayyan tizim sifatida oʻrganishni taklif etdi, til lingvistikasi bilan nutq lingvistikasini, diaxroniya bilan sinxroniyani oʻzaro farqladi; tilshunoslikni semiologiya (semiotika) ning bir qismi deb hisoblab, lisoniy belgi tabiatini kashf etdi. Saussurening tilshunoslikdagi qarashlari Jeneva tilshunoslik maktabi vakillari Sh.Balli, A. Seshe asarlarida, fransuz sotsiologik maktabi namoyandalari A. Meye, J. Vandriyes va boshqalarning ilmiy ishlarida, strukturalizm kridalarida aks etgan. Yevropa strukturaviy tilshunosligi asoschisi sifatida Saussure tilshunoslikning, shuningdek, xorijiy semiotikaning ayrim yoʻnalishlari, antropologiya, adabiyotshunoslik va estetikaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.