Internet: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 17:
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi
== Internet yaratilish tarixi ==
[[1950]]-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj [[markazlashmagan toʻr]], [[navbat nazariyasi]] va [[paket kommutatsiyasi|paketlar kommutatsiyasi]] kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida [[AQSh]]da [[ARPANET]]ning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
|