Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
→‎Davlat tuzumi: Matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 4:
== Davlat tuzumi ==
AQSh – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni – prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi – AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar – hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi – qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq – Kongress, Prezident va Oliy suddir.
 
Nursulton Adxamov.
 
== Tabiati ==