Encyclopædia Britannica: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 62:
 
==== 1994-bugun ====
Beshinchi davrda (1994-bugun) „Britannica“ning elektron va onlayn nashrlari tayyorlandi. 1996-yil [[Jacqui Safra]] moddiy qiyinchiliklarga uchragan „Britannica“ni arzon bahoga sotib oldi. 1999-yil [[Encyclopædia Britannica, Inc.]] ikkiga boʻlindi. Bir qism kopmaniyashirkat nomini olib qoldi va bosma nashrni tayyorladi. Ikkinchi qism [[Britannica.com Inc.]] elektron versiyalarni tayyorladi. 2001-yildan beri ikki kompaniyaga [[Ilan Yeshua]] rahbarlik qilib kelmoqda. Powellga oʻxshab Yeshua ham Britannica nomi bilan yangi mahsulotlar kirgizishni qoʻllab-quvvatladi.
 
2012-yil martda prezident [[Jorge Cauz]] ensiklopediyaning bosma nashrlari boshqa chiqmasligini eʼlon qildi. 2010-yil chiqqan 15-nashr oxirgi nashr boʻldi. Endi kompaniya barcha eʼtiborni onlayn nashrga qaratayaptiqaratyapti.<ref name="NYT-stop"/><ref name="cnn-stop">{{cite news|url=http://money.cnn.com/2012/03/13/technology/encyclopedia-britannica-books/|title=Encyclopedia Britannica to stop printing books|last=Pepitone|first=Julianne|date=13 March 2012|publisher=CNN|accessdate=14 March 2012}}</ref>
 
„Britannica“ning global nashri 2010-yil chop etildi. Bu nashr 30 jilddan va 18,251 sahifadan iborat. Kichikroq jildlarda 8,500 surat, xarita, bayroq va tasvir berilgan. Nashrdagi 40,000 dan oshiq maqolani turli mamlakatlarda yashovchi mutaxassislar yozgan. Ular orasida [[Nobel mukofoti]] sovrindorlari ham bor. 15-nashrdan farqli oʻlaroq global nashr „Macro-“ va „Micropedia“ qismlariga boʻlinmagan. 14-gacha boʻlgan eski nashrlardagidek maqolalar alifbo tartibida berilgan. Global nashrning barcha nusxasi sotilgan va chop etish toʻxtatilgan.