Qashqadaryo (gazeta): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1925 yil 22 mayda Qarshi shahrida "Qashqadaryo" nomi bilan nashr etila boshlagan
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 10:
}}
[[Fayl:Qashqadaryo gazetasi logotipi.png|thumb]]
1925 yil 22 mayda Qarshida «Qashqadaryo» nomi bilan viloyat gazetasi chop etilgan. Unga viloyat partiya qo‘mitasi tashviqot bo‘limining mudiri, shoir va adabiyotshunos Abdulla Rahmonov (Gulshaniy) muharrirlik qilgan.
1925 йил 22 майда Қаршида «Қашқадарё» номи билан вилоят газетаси чоп этилган. Унга вилоят партия қўмитаси ташвиқот бўлимининг мудири, шоир ва адабиётшунос Абдулла Раҳмонов (Гулшаний) муҳаррирлик қилган.
 
“Novosti Kashkadar'i” gazetasi “Kashkadar'inskaya pravda” nomi bilan 1943 yil 18 iyundan chiqa boshlagan.
“Новости Кашкадарьи” газетаси “Кашкадарьинская правда” номи билан 1943 йил 18 июндан чиқа бошлаган.
 
1938 yil aprelida Qashqadaryo Buxoro viloyati tarkibiga kiritiladi. Xuddi shu yil iyun' oyidan boshlab «Qashqadaryo haqiqati» gazetasi O‘zbekiston Kompartiyasi Qarshi shahar qo‘mitasi, Qarshi shahar va tuman kengashlari organi sifatida chiqa boshlaydi. 1943 yilga kelib Qashqadaryo yana alohida viloyat bo‘lgach, xuddi shu yil aprel'-may oylarida O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat tashkilot byurosi va O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati viloyat qo‘mitasi organi sifatida ikki betlik «Bol'shevik» gazetasi nashr etiladi. 1943 yil iyun' oyidan esa gazeta yana «Qashqadaryo haqiqati» nomi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi viloyat qo‘mitasi va viloyat kengashi organi sifatida nashr etila boshlaydi.
1938 йил апрелида Қашқадарё Бухоро вилояти таркибига киритилади. Худди шу йил июнь ойидан бошлаб «Қашқадарё ҳақиқати» газетаси Ўзбекистон Компартияси Қарши шаҳар қўмитаси, Қарши шаҳар ва туман кенгашлари органи сифатида чиқа бошлайди. 1943 йилга келиб Қашқадарё яна алоҳида вилоят бўлгач, худди шу йил апрель-май ойларида Ўзбекистон Компартияси Қашқадарё вилоят ташкилот бюроси ва Ўзбекистон Олий Кенгаши Раёсати вилоят қўмитаси органи сифатида икки бетлик «Большевик» газетаси нашр этилади. 1943 йил июнь ойидан эса газета яна «Қашқадарё ҳақиқати» номи билан Ўзбекистон Компартияси вилоят қўмитаси ва вилоят кенгаши органи сифатида нашр этила бошлайди.
 
1960 yil fevralida Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyati tarkibiga qo‘shib yuborildi. Shundan so‘ng «Qashqadaryo haqiqati» gazetasi ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1964 yilda viloyat qayta tashkil etilgach, «Qashqadaryo haqiqati» yana nashr etila boshlandi.
1960 йил февралида Қашқадарё вилояти тугатилиб, Сурхондарё вилояти таркибига қўшиб юборилди. Шундан сўнг «Қашқадарё ҳақиқати» газетаси ҳам ўз фаолиятини тўхтатди. 1964 йилда вилоят қайта ташкил этилгач, «Қашқадарё ҳақиқати» яна нашр этила бошланди.
 
1996 yil martda Qashqadaryo viloyati hokimining qaroriga asosan viloyat hokimligi muassisligida chop etilayotgan “Qashqadaryo haqiqati” va “Kashkadar'inskaya pravda” gazetalari tahririyatlari negizida yagona “Qashqadaryo” va “Kashkadar'ya” gazetalari tahririyati tashkil etildi.
1996 йил мартда Қашқадарё вилояти ҳокимининг қарорига асосан вилоят ҳокимлиги муассислигида чоп этилаётган “Қашқадарё ҳақиқати” ва “Кашкадарьинская правда” газеталари таҳририятлари негизида ягона “Қашқадарё” ва “Кашкадарья” газеталари таҳририяти ташкил этилди.
 
Viloyat hokimining 2004 yil 25 oktyabrdagi qaroriga asosan “Qashqadaryo” va “Kashkadar'ya” gazetalari yagona tahririyati faoliyati tugatilib, alohida-alohida “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadar'i” gazetalari tahririyatlari tashkil etildi.
Вилоят ҳокимининг 2004 йил 25 октябрдаги қарорига асосан “Қашқадарё” ва “Кашкадарья” газеталари ягона таҳририяти фаолияти тугатилиб, алоҳида-алоҳида “Қашқадарё” ва “Новости Кашкадарьи” газеталари таҳририятлари ташкил этилди.
 
Viloyat hokimining 2012 yil 24 oktyabrdagi X-324/10-sonli qaroriga asosan tugatilgan “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadar'i” gazetalari tahririyatlari negizida yagona tahririyat sifatida «Qashqadaryo» va “Novosti Kashkadar'i” gazetalari tahririyati 2013 yil fevraldan o‘z faoliyatini boshlagan.
Вилоят ҳокимининг 2012 йил 24 октябрдаги Х-324/10-сонли қарорига асосан тугатилган “Қашқадарё” ва “Новости Кашкадарьи” газеталари таҳририятлари негизида ягона таҳририят сифатида «Qashqadaryo» ва “Новости Кашкадарьи” газеталари таҳририяти 2013 йил февралдан ўз фаолиятини бошлаган.
 
Bugungi kunda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi va viloyat hokimligi muassisligidagi «Qashqadaryo» va “Novosti Kashkadar'i” gazetalari tahririyatida 30 ga yaqin ijodiy va texnik xodim mehnat qilmoqda. Tahririyat jurnalistlari “Oltin qalam”, “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “E'tirof”, “Jamiyat va men”, “Inson huquqlari – jurnalist nigohida”, “Ekojurnalistika”, “Atirgul” singari qator nufuzli ijodiy ko‘rik-tanlovlarning mamlakat bosqichida faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egallagan.{{fact}}
Бугунги кунда халқ депутатлари Қашқадарё вилоят Кенгаши ва вилоят ҳокимлиги муассислигидаги «Qashqadaryo» ва “Новости Кашкадарьи” газеталари таҳририятида 30 га яқин ижодий ва техник ходим меҳнат қилмоқда. Таҳририят журналистлари “Олтин қалам”, “Йилнинг энг фаол журналисти”, “Энг улуғ, энг азиз”, “Эътироф”, “Жамият ва мен”, “Инсон ҳуқуқлари – журналист нигоҳида”, “Экожурналистика”, “Атиргул” сингари қатор нуфузли ижодий кўрик-танловларнинг мамлакат босқичида фаол иштирок этиб, ғолиб ва совриндорлар сафидан ўрин эгаллаган.