Muhammad Fuzuliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 37:
 
Fuzuliy qadim [[Yunonlar|yunon]] va [[Sharq]] falsafasi bilan tanish edi. Uning falsafiy qarashlari asosan arab tilida nasrda yozgan “Matla-ul e’tiqod” asarida o’z aksini topgan. Fuzuliy bu yerda [[Aristotel]], [[Platon]], [[Empedokl Akragantlik|Empedokl]], [[Demokrit]] va boshqa yunon [[Faylasuf|faylasuflarining]] fikrlaridan, an-Nizomning falsafiy merosidan ta’sirlangan. Fuzuliyning boshqa asarlarida ham adabiy falsafiy fikrlarga duch kelish mumkin.
 
 
Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi...
 
Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi?
 
Falaklar yondi ohimdan, murodim shami yonmazmi?
 
 
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
 
Nechuk qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi?
 
 
Shabi hijron yonar jonim, do’kar qon chashmi giryonim,
 
Uyodir xalqi afg’onim, qaro baxtim uyonmazmi?
 
 
Guli ruxsoringa qarshu go'zimdin qonli oqar su,
 
Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmi?
 
 
Ga’mim pinhon tutardim man, dedilar, yora qil ravshan,
 
Desam ul bevafo bilman, inonurmi, inonmazmi?
 
 
Dagildim man sanga moyil, san etding aqlimi zoyil,
 
Manga ta’n aylayan g’ofil, sani ko’rgach, o’tonmazmi?
 
 
Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir,
 
Ko’ringkim, bu na savdodir, bu savdodan o’sonmazmi?
 
 
'''Fuzuliy'''
 
 
Fuzuliy o’z she’rlarida, [[XVI asr|XVI asrgacha]] [[ozarbayjon]] turkchasida yozgan shoirlarning barcha yaxshi tajribalarini hisobga olib, uni buyuk jur’at va mahorat bilan rivojlantirgan. Kirikaning eng qimmatli namunalarini berish bilan Ozarbayjon, shuningdek, turkiy adabiyot tarixida yangi, juda katta va go’zal maktab ochgan. Fuzuliy adabiy maktabi o’zining ma’no mazmunan boyligi, badiiy yuksakligi bilan inson his va fikrlarining badiiy ensiklopediyasini tashkil etadi. Bu maktab she’rimizning sifatini so’nggi darajada yuksak martabaga olib chiqish bilan cheklanib qolmagan. U Ozarbayjon turkchasining barcha go’zalliklarini, imkon va qudratini porloq sur’atda namoyish ettirgan. Bu maktab klassik adabiyotdagi eskirgan qoida va normalarni yo’q qilishda, rivojlanishga to’siq bo’luvchi klassik an’analarga jasur, ozod va epchillik bilan yondashishda buyuk tarixiy xizmat ko’rsatgan.