Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 52:
Latviya SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari [[Molotov–Ribbentrop pakti]] asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Latviya Respublikasi hududida Latviya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan [[qoʻgʻirchoq hukumat]] oʻrnatilgan.<ref>{{cite book |title=Transition from Illegal Regimes Under International Law |last= Ronen |first= Yaël |year=2011 |publisher=Cambridge University Press |location= |isbn=978-0-521-19777-9 |page=17 |url=https://books.google.com/books?id=4OEHtL5xoroC&pg=PA17}}</ref>
 
1940-yilning 23-iyulida eʼlon qilingan [[Welles deklaratasiyasideklaratsiyasi]] ortidan 1940-yilning 5-avgustida Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan anneksiya qilib olingani [[AQSH]] va [[Yevropa]] davlatlari tomonidan tan olinmagan. Latviya Sovet Ittifoqiga kirgan 15-respublika oʻlaroq yarim asr davomida tan olinmagan. Mamlakat hududini 1940-yilning iyun-iyul oylarida [[fashistlar Germaniyasi]] ishgʻol qilgan. 1944–1945 yillarda sovetlar Latviyani qayta egallagan. Bunga qaramasdan, Latviya ''[[de jure]]'' mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan, ayrim davlatlar Latviyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.
 
Latviya SSR poytaxti [[Riga]] shahri boʻlgan. Respublika 26 rayonga boʻlingan, 56 shahar, 37 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.<ref>{{cite encyclopedia | year = 1988 | title = Latviya SSR | encyclopedia = Ensiklopedik lugʻat | publisher = [[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]] | location = Toshkent | language = oʻzbekcha | id = 5-89890-002-0 | page = 449 | volume = 1}}</ref>