Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

(36.102.223.123 (mun.) tomonidan qilingan 2032801-sonli tahrir qaytarildi)
Teg: Bekor qilindi
 
18-asr oxiriga kelib [[Rossiya]] [[Dnestr davlati]]dan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa [[Bessarabiya]]ni qoʻshib olgan. Sovet hokimiyati 1917-yil (dekabr) – 1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida [[Ruminiya]] Bessarabiyani bosib olgan.
 
1924-yil 12-oktabrda [[Ukraina SSR]] tarkibida [[Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Sovet Ittifoqi BessarabiniBessarabiyani qaytarib olgan. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya SSR tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda [[Qizil armiya]] fashistlarni siqib chiqargan.
 
1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va ''Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi'' deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida [[Moldova Respublikasi]] deb qayta nomlandi. Oʻsha yili 27-avgust kuni oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.