Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 85:
== Tarixi ==
=== Tashkil topishi ===
[[File:Track runner observers.jpg|thumb|left|Paranji kiyib olgan ayollar yengil atletikachini tomosha qilmoqda. [[Maks Penson]] surati.|link=Special:FilePath/Track_runner_observers.jpg]]
Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida [[Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, [[Turkmaniston SSR]],[[Tojikiston ASSR]] (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan [[Tojikiston SSR]]), shuningdek, [[Qoraqirgʻiz avtonom viloyati]] ([[Rossiya SFSR]] tarkibida; [[Qirgʻiziston SSR]]), [[Qoraqalpoq avtonom viloyati]] ([[Qozogʻiston ASSR]] tarkibida; keyinchalik [[Qoraqalpogʻiston ASSR]], 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.
 
Qator 120:
 
==== 1940-yillarning ikkinchi yarmi ====
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston SSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratiddiqaratildi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan [[Said Ahmad]], [[Shukrullo]], [[Mirzakalon Ismoiliy]], [[Shuhrat]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirkarim Osim]], [[Hamid Sulaymonov]], shuningdek, [[Muhiddin Qoriyoqubov]] 1951-yilda „sovetlarga qarshi millatchshgikmillatchilik faoliyati“ olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etildilar. Oʻzbek xalqining faxri xisoblangan [[Oybek]] badnom qilindi.
 
=== 1950–1970-yillar ===
Qator 217:
 
=== Birinchi besh yillik ===
[[File:Woman standing, crane in background (Uzbek SSR).jpg|thumb|left|Oʻzbekiston SSRda qurilish ishlari. [[Maks Penson]] surati.|link=Special:FilePath/Woman_standing,_crane_in_background_(Uzbek_SSR).jpg]]
Birinchi [[Besh yillik reja|5 yillik]] davri (1928-32)da Oʻzbekiston SSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning konchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda [[Oʻrta Osiyo]]da paxtachilik, mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan „[[Tashselmash]]“ va [[Quvasoy sement zavodi]] barpo etildi. „[[Chirchiqqurilish]]“, [[Toshkent toʻqimachilik kombinati]] qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik fabrikasi va yogʻ zavodi, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.
 
Qator 226:
 
=== Uchinchi besh yillik ===
[[File:Woman industrial worker, Uzbek SSR.jpg|thumb|Industrial ishchi. [[Maks Penson]] surati.|link=Special:FilePath/Woman_industrial_worker,_Uzbek_SSR.jpg]]
Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938–42)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, Oʻzbekiston SSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2 navbati, [[Moʻynoq]]dagi yirik baliq-konserva zavodi bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kombiti, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.
 
Qator 284:
Oʻzbekiston SSRda [[bolsheviklar]] partiyasi tomonidan XX asrning 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ oʻzbek milliy madaniyatiga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining urf-odatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. Shuningdek, sovet davrida [[Islom]] dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. [[Oʻzbek tili]] ikkinchi darajali tilga, [[rus tili]] esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
 
[[File:Students in Tashkent 1943.jpg|thumb|Talabalar yangi [[oʻzbek kirill alifbosi]] bilan tanishmoqda. Toshkent, 1943-yil.|link=Special:FilePath/Students_in_Tashkent_1943.jpg]]
Biroq bunday holatlarga qaramasdan, sovet davrida mamlakatda madaniyat sohasida kattat yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intstutlar ochiddi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, [[Oybek]], [[Gʻafur Gʻulom]], [[Hamid Olimjon]], [[Zulfiya]], [[Abdulla Qahhor]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirtemir]] kabi yozuvchi va shoirlar, [[Habib Abdullayev]], [[Ibrohim Moʻminov]], [[Obid Sodiqov]], [[Yahyo Gʻulomov]] kabi olimlar, [[Olim Xoʻjayev]], [[Razzoq Hamroyev]], [[Shukur Burhonov]], [[Lutfixonim Sarimsoqova]], [[Halima Nosirova]], [[Tamaraxonim]] kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.