Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

 
==== 1940-yillarning ikkinchi yarmi ====
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston SSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan [[Said Ahmad]], [[Shukrullo]], [[Mirzakalon Ismoiliy]], [[Shuhrat]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirkarim Osim]], [[Hamid Sulaymonov]], shuningdek, [[Muhiddin Qoriyoqubov]] 1951-yilda „sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati“ olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etildilar. Oʻzbek xalqining faxri xisoblanganhisoblangan [[Oybek]] badnom qilindi.
 
=== 1950–1970-yillar ===