Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 134:
SSRI Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983-yildayoq Oʻzbekiston SSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan „desantchilar“ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.
 
Oʻzbekiston SSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi „qoʻshib yozish“, „oʻgʻrilik“, „koʻzboʻyamachilik“, „poraxoʻrlik“ va hokazolarni tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 fozifoizi, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya qoʻmitasi kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
 
1983–90-yillarda Oʻzbekiston SSRda „paxta ishi“ boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlari ham qamoqqa tashlandi.