Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 224:
 
=== Uchinchi besh yillik ===
Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938–42)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, Oʻzbekiston SSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2 navbati, [[Moʻynoq]]dagi yirik baliq-konserva zavodi bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kombitikombinati, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.
 
Urush boshlanishi vaqtiga kelib respublikaning sanoat potensiali 1 445 ta yirik va oʻrta sanoat korxonalarini hamda 19 mingta mayda korxonalarni oʻz ichiga olgan. Oʻzbekiston SSR vositalarini va isteʼmol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmoqlar oʻrtasidagi nisbat jiddiy ravishda oʻzgardi. Yirik sanoat salmogʻi 1928-yildagi 16,3 foizdan 1940-yilda 32,8 foizga koʻtarildi.