Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

Oʻzbekiston SSRda [[bolsheviklar]] partiyasi tomonidan XX asrning 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ oʻzbek milliy madaniyatiga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining urf-odatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. Shuningdek, sovet davrida [[Islom]] dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. [[Oʻzbek tili]] ikkinchi darajali tilga, [[rus tili]] esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
 
Biroq bunday holatlarga qaramasdan, sovet davrida mamlakatda madaniyat sohasida kattatkatta yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intstutlar ochiddi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, [[Oybek]], [[Gʻafur Gʻulom]], [[Hamid Olimjon]], [[Zulfiya]], [[Abdulla Qahhor]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirtemir]] kabi yozuvchi va shoirlar, [[Habib Abdullayev]], [[Ibrohim Moʻminov]], [[Obid Sodiqov]], [[Yahyo Gʻulomov]] kabi olimlar, [[Olim Xoʻjayev]], [[Razzoq Hamroyev]], [[Shukur Burhonov]], [[Lutfixonim Sarimsoqova]], [[Halima Nosirova]], [[Tamaraxonim]] kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.
 
1929-yilda [[Eski oʻzbek yozuvi|arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi]] [[Oʻzbek lotin alifbosi|lotin]], 1940-yilda esa [[Oʻzbek kirill alifbosi|kirill]] imlosiga almashtirildi. 1993-yilning 2-sentabrida – Sovet Ittifoqi parchalnib ketib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidna keyin Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Ammo yangi yozuvga oʻtish jarayoni haligacha oʻz yakuniga yetgani yoʻq.