Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 281:
Oʻzbekiston SSRda [[bolsheviklar]] partiyasi tomonidan XX asrning 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ oʻzbek milliy madaniyatiga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining urf-odatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. Shuningdek, sovet davrida [[Islom]] dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. [[Oʻzbek tili]] ikkinchi darajali tilga, [[rus tili]] esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
 
Biroq bunday holatlarga qaramasdan, sovet davrida mamlakatda madaniyat sohasida katta yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intstutlarinstitutlar ochiddiochildi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, [[Oybek]], [[Gʻafur Gʻulom]], [[Hamid Olimjon]], [[Zulfiya]], [[Abdulla Qahhor]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirtemir]] kabi yozuvchi va shoirlar, [[Habib Abdullayev]], [[Ibrohim Moʻminov]], [[Obid Sodiqov]], [[Yahyo Gʻulomov]] kabi olimlar, [[Olim Xoʻjayev]], [[Razzoq Hamroyev]], [[Shukur Burhonov]], [[Lutfixonim Sarimsoqova]], [[Halima Nosirova]], [[Tamaraxonim]] kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.
 
1929-yilda [[Eski oʻzbek yozuvi|arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi]] [[Oʻzbek lotin alifbosi|lotin]], 1940-yilda esa [[Oʻzbek kirill alifbosi|kirill]] imlosiga almashtirildi. 1993-yilning 2-sentabrida – Sovet Ittifoqi parchalnibparchalanib ketib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidnaerishganidan keyin Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Ammo yangi yozuvga oʻtish jarayoni haligacha oʻz yakuniga yetgani yoʻq.
 
Sovet davrida oʻzbek tilining ilk keng qamrovli [[Oʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)|izohli lugʻati]] hamda oʻzbek tilidagi ilk umumiy ensiklopediya – 14 jildli „[[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]]“ chop etildi, minglab xorij yozuvchi va shoirlarining asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.