Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 68:
'''Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi''', '''Abxaziya SSR''' ({{lang-ab|Социалисттә Советтә Республика Аҧсны}}; {{lang-ka|საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა აფხაზეთი}}; {{lang-ru|Социалистическая Советская Республика Абхазия}}) — [[Sovet Ittifoqi]] tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1921–1931-yillarda mavjud boʻlgan. 1921-yil [[Qizil armiya]] [[Gruziya]]ga bostirib kirganidan keyin tuzilgan ushbu mamlakat 1921-yilning 16-dekabrigacha mustaqil boʻlgan. Oʻsha kuni [[Gruziya SSR]] bilan Abxaziya SSRni birlashtirish kelishuvi imzolangan. Abxaziya SSR avtonom sovet respublikasiga oʻxshash boʻlgan, ammo Gruziyadan ''de facto'' mustaqil boʻlgan. Xususan, Abxaziya SSR oʻz harbiy boʻlimiga ega boʻlish kabi ittifoqning toʻliq aʼzolarigagina beriladigan huquqlarga ega boʻlgan. 1922-yil Abxaziya oʻzining Gruziya bilan „kelishuv davlati“ statusi orqali [[Armaniston SSR]], [[Ozarbayjon SSR]] va [[Gruziya SSR]]ni birlashtirib tuzilgan [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi]] tarkibiga kiritilgan. 1931-yil Abxaziya SSR tugatilib, uning oʻrniga Gruziya SSR tarkibida [[Abxaziya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tuzilgan.<ref>{{cite encyclopedia | year = 1988 | title = Abxaziya ASSR | encyclopedia = Ensiklopedik lugʻat | publisher = [[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]] | location = Toshkent | language = oʻzbekcha | id = 5-89890-002-0 | page = 8 | volume = 1}}</ref>
 
Abxaziya SSRga [[Nestor Lakoba]] yetakchilik qilgan. Lakoba rasman [[Xalq komissarlari kengashi]] raisi boʻlgan. Ammo u Abxaziyani shunchalik qattiq nazoratga olgnan-kiolgnanki, respublikaga „Lakobiston“ laqabi berilgan. Lakoba sovet yetakchisi [[Iosif Stalin]] bilan yaxshi munosabatda boʻlgani uchun Abxaziya Gruziya tarkibiga kiritilgunicha respublikada [[kollektivizatsiya]] boshlanmagan. Abxaziya Sovet Ittifoqining tamaki yetishtiruvchi asosiy hududi boʻlgan. Ittifoqda ishlab chiqarilgan tamakining yarmidan koʻpi Abxaziyada yetishtirilgan. Qolaversa, respublikada boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, choy, vino, sitrus mevalari yetishtirilgan. Natijada Abxaziya Sovet Ittifoqining endeng boy hududlaridan biriga aylangan. Respublikaning [[Subtropik mintaqalar|subtropik iqlimi]] esa sayyohlarni jalb qilgan. Respublikada Stalin va boshqa sovet yetakchilarning [[dacha]]lari boʻlgan, ular bu dalahovlilarda koʻp vaqt oʻtkazgan.
 
Koʻplab millat vakillari yashaydigan Abxaziyada aholining 30 foizidan ozini tashkil qilgan [[abxazlar]] nominal tarzda yetakchilik qilgan. Respublikada gruzinlar, armanlar, greklar hamda ruslar soni ham koʻp boʻlgan. Abxazlar eng yirik guruh boʻlmasa-da, ularga yon bosilgan hamda oʻsha davrdagi [[korenizatsiya]] siyosati doirasida [[abxaz tili]] targʻib qilingan. Shu va boshqa siyosatlar yordamida abxaz millati targʻib qilingan, natijada abxaz millatchiligi yuzaga kelgan. Abxaziya SSRning asosiy merosi shuki, zamonaviy tarixda ilk marotaba Abxaziya nomi bilan muayyan geografik birlikni paydo qilgan. 1931-yil respublika maqomi pastlatilgan boʻlishiga qaramasdan, respublika mavjud boʻlgani abxaz xalqi xotirasida qoldi. 1980-yillarda [[glasnost]] va [[perestroyka]] siyosatlari ortidan abxaz yetakchilar Gruziyadan ajralib chiqib, oʻz davlatlarini tuzishga chorlay boshladi. Bunday qarashga egalar uchun Abxaziya SSR oʻrnak boʻldi. Natijada Abxaziyada 1925-yilda qabul qilingan Abxaziya SSR konstitutsiyasi qayta tiklandi. Bu esa, oʻz navbatida, abxazlar va Gruziya oʻrtasida 1992–1993 yillardagi urushga hamda hozirgi kundagi [[abxaz-gruzin]] konfliktiga turtki boʻldi.