Xorazm Xalq Sovet Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 90:
 
=== Dehqonlar yurishi va Xiva qamali ===
1923-yil dekabrda [[Pitnak]], [[Hazorasp]], [[Bogʻot]], [[Xonqa]] tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarshi dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlanib ketdi. Qoʻzgʻolonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti [[Xiva]] shahri ustiga yurish boshladilar. [[Qoraqum]]da turgan [[Junaydxon]] qoʻshinlari ham gʻarb tomondan, bir vaqtning oʻzida shaharga qarab harakat boshladi. 1924-yil 10-yanvardan boshlab Junaydxonning 15 ming kishilik otliq va piyodalardan iborat qoʻshini Xivani qamal qilishga kirishgan. 16-yanvarda Xorazm SSRda harbiy holat joriy qilindi. [[Qizil armiya]] qoʻmondonligi zudlik bilan Xorazmga katta miqdordagi harbiy kuchlarni joʻnatgach, 1924-yil fevral oyining boshlarida xalq qoʻzgʻoloni bostirildi va bolsheviklar davlatning yangi jazolash (qatagʻon) organlarini tashkil qilishdi. 1924-yil 20-fevralda sovet prokuraturasi tuzildi. Shuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham tashkil qilindi. Bu davrda harbiy tribunal va [[Davlat siyosiy boshqarmasi]] (GPU) faoliyati yanada kuchaytirildi. Bu jazolash organlari kommunistik mafkurani tan olmagan qarhar qanday kishilarni qatagʻon qilishni avj oldirdi.
 
=== Xorazm SSRning tugatilishi ===