Shukur Xolmirzayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Grammatikani tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Shukur Xolmirzayev''' (1940.24.3, [[Boysun tumani]]) — [[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]] (1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugattantugatgan (1963). „Yosh gvardiya“ nashriyotida muharrir (1963–1967), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967–1969), „[[Guliston (jurnal)|Guliston]]“ (1969–1975) va „[[Sharq yulduzi]]“ (1978–1980) jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri.
 
Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga „shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X. 80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.