Hammabop ingliz tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi
 
Tahrir izohi yoʻq
 
Qator 21:
'''„Hammabop ingliz tili: English for Everybody“''' — [[Muxtorxon Umarxoʻja]] hamda [[Sharofiddin Olim]] qalamiga mansub [[ingliz tili]] [[grammatika]]si boʻyicha qoʻllanma. 1998-yil [[Toshkent]] shahrida [[Sharq nashriyot-matbaa konserni|„Sharq“ nashriyot-matbaa konserni]] bosh tahririyatida chop etilgan.
 
Qoʻllanma toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi qismda ingliz tili [[fonetika]]si, ikkinchi qismda grammatik qoidalar, uchinchi qismniqismda ogʻzaki nutqni oʻstirish uchun misollar, toʻrtinchi qismda turli vaziyatlar ifodalangan seanslar keltirilgan. Qoʻllanma ingliz tilini oʻrganishga qaror qilgan keng ommaga moʻljallangan. Shuningdek, mualliflar undan maktab, litsey va oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich bosqichida darsliklarga qoʻshimcha oʻquv vositasi oʻlaroq foydalanishni tavsiya qilgan.
 
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gʻ. Hoshimov – masʼul muharrir, I. Shoymardonov – nashr uchun masʼul, F. Nasharova – badiiy muharrir, D. Gabdraxmanova – texnik muharrir. Shuningdek, Oʻ. Yusupov, S. Rahumov va M. Abduvaliyevlar kitobni taqriz qilgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.