Turkiy tillar — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
 
'''Turkiy tillar''' — hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, [[Oʻzbekiston]], [[Turkiya]], [[Ozarbayjon]], [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Turkmaniston]], [[XXR]], [[Afgʻoniston]], [[Eron]], [[Tojikiston]]da, shuningdek, [[Bolgariya]], [[Ruminiya]], [[Ukraina]], [[Germaniya]], [[Kipr]], [[Shimoliy Makedoniya]], [[Albaniya]], [[AQSh]], [[Saudiya Arabistoni]] va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 mln.million kishidan ortiq.
 
Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda ''Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları'' nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.