Madaminbek — versiyalar orasidagi farq

Tug’ilgan yilini to’g’irladim.
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
(Tug’ilgan yilini to’g’irladim.)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
'''Madaminbek''', Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (18921882, Margʻilon yaqinidagi Soʻkchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20). Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 yilga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga badartg'a qilingan (1914). 1917 yil fevral inqilobidan keyin M. ozodlikka chiqqan. "Shoʻroi Ulamo" tashkilotining rahbarlari uni Margʻilon shahri mirshablari boshligʻi lavozimiga tavsiya qilishgan. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallagach, Fargʻona viloyati harbiy komissari K. Osipov uni Margʻilon militsiyasi boshligʻi etib tayinlaydi. Biroq sovet rejimining siyosati M.ni ozodlik uchun kurashga undagan. 1918 yil mart oyining boshlarida u oʻz militsionerlari bilan bolsheviklarga qarshi kurashuvchilar safiga oʻtgan. M. 1000 — 1500 yigit toʻplab, Margʻilon va Toshloq atroflarida qizil askarlarga qarshi dastlabki janglarni boshlagan.
 
1918 yil yanvarda M. qoʻl ostida 16000 kishidan iborat qoʻshin boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil kuzida ularning soni 30000 kishidan ortib ketgan. M. xalq orasida katta obroʻga ega boʻlgan. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda oʻz siyosiy boshqaruv usulini oʻrnatgan. Andijon uyezdidagi Oyimqishloq (hozirgi Andijon viloyati Jalolquduk, tumani)da boʻlgan Fargʻona vodiysi qoʻrboshilarining qurultoyida (1918 yil noyabr) milliy ozodlik hapakati qatnashchilarining Oliy bosh qoʻmondoni etib saylangan.