Zanjabil: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: Matn qoʻshdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Umid94 tahrirlari IluvatarBot versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 6:
{{manbalar}}
 
{{stub}}Zanjabilli choyning foydalari
 
Mutaxassislar zanjabilli choyga biroz dolchin qo‘shilsa, uning faolligi va ta’sirchanligi oshishini ta’kidlashmoqda.
 
Bunday choy bir bo‘lak zanjabil ildizi va dolchinning kichik tayoqchasidan qo‘shib damlanadi. Bu yo‘l bilan damlangan choy biroz o‘tkir mazasi bilan organizm uchun juda foydali bo‘lib, uni mustahkamlaydi.
 
Zanjabil ovqat hazmini me’yorlashtiradi. Yalpiz, limono‘t, sandal daraxti moyi kishini bo‘shashtirib, xavotirlarni tarqatadi. Ayniqsa, parhez tutgan ayollardagi asabiylikni bosib, ko‘ngilni tinchlantiradi.
 
 
Zanjabilli choyni muntazam ichish uning juda ko‘p foydali xossalari sababidan tavsiya etiladi:
 
Jigarni tozalab, undan zaharli moddalarni chiqarib yuboradi
 
Jigarni har yili bir-ikki marta tozalash zarur. Bu hayotiy muhim a’zo qonni filtrlab turadi va qon-tomir tizimidan zararli va zaharli moddalarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
 
Zanjabilli choy ichilganida undagi zanjabil va dolchin birikmasi jigarni himoyalab, tozalab turadi, buning natijasida u tozalanib, yengil tortadi va o‘z vazifasini faol bajarishga o‘tadi.
 
O‘t pufagini sog‘lomlashtiradi
 
Agar o‘t pufagingizda tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu choydan muntazam ichib yuring, bu nafaqat jigaringizni himoyalashda yordam qiladi, balki shu bilan bir qatorda o‘t pufagingizni ham sog‘lomlashtiradi.
 
Organizmni ichdan qizdiradi
 
Bunday qaynoq choy ichilganida qizdiradi va sovuqdan himoya qiladi, shuning uchun uni sovuq va nam havoli kunlarda ichish ayniqsa yoqimli.
 
Zanjabil organizmni qizdiruvchi ta’sirga ega, ortiqcha kaloriyaga ega bo‘lgan keraksiz energiyani chiqarib yuboradi, tanada me’yordagi haroratni saqlashga yordam beradi.
 
Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
 
Ovqat hazm qilishda muammosi bo‘lgan kishilar oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin.
 
Bu choy badanni yaxshigina qizdiradi, ichki a’zolardagi shamollashlarni oladi, qorin dam bo‘lishidan hamda eldan xalos etadi.
 
Immun tizimini mustahkamlaydi
 
Zanjabil ayniqsa kaliy, fosfor va vitamin S ga boy, bu moddalar immunitetni mustahkamlashda, grip va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.
 
Zanjabilli choy
 
Bu tabiiy choyni tayyorlash juda oson, buning uchun zarur mahsulotlarni topish ham qulay, har bir supermarketdan sotib olish mumkin.
 
Buning uchun: 1 bo‘lak zanjabil ildizi (2 sm atrofida), 1 bo‘lak dolchin, yarimta limon mevasi, 1 stakan suv (250 ml) kerak bo‘ladi.
 
Tayyorlash yo‘li:
 
Avval zanjabil ildizini yaxshilab yuvib, sochiq bilan artiladi.
 
Tayyorlangan 1 stakan suvni qaynatib, unga artilgan zanjabil va dolchin solinadi. Past olovda yana 10 minut qaynatiladi. Qaynatmaga yarimta limon sharbati qo‘shiladi. Qaynatmani dokadan o‘tkaziladi, bir necha minutdan so‘ng tayyor bo‘lgan choyni kuniga ikki-uch mahal ichiladi.
 
 
Zanjabil yordamida ozing!
 
Zanjabilli choyni ovqatlanishdan yarim soat oldin iching. SHunda siz kamroq ovqatlanasiz, ishtahangiz karnay bo‘lmaydi, yog‘lar parchalanib, hazm jarayoni tezlashadi.
 
Zanjabilli choy ichishga qaror qildingizmi, birinchi kun 50 ml., ikkinchi kun 100 ml., uchinchi kun esa 150 ml.dan iching. Miqdorni kun sayin oshirib boring.
Kuniga 2 litrdan ko‘p zanjabilli choy ichmang. Uxlashdan 3-4 oldin choy ichishni to‘xtating.
Zanjabilli choy nafaqat ozdiradi, balki immunitetni oshirib, bosh og‘rig‘ini ham qoldiradi.
Zanjabilli choyni ichib bo‘lmaydigan holatlar
 
Zanjabil va dolchin oshqozonni ko‘p kasalliklardan himoya qilsa ham, ovqat hazm qilish a’zolarida muammosi bor kishilarga bunday choy ichish tavsiya etilmaydi, chunki, zanjabil ham, dolchin ham kuchli qo‘zg‘atuvchi moddalardir.
 
Shuningdek, uni ichish homilador ayollarga, bolalarga va kuchli antikoagulyant dorilar qatoriga kiruvchi aspirin, varfarin, tiklopidin yoki geparin kabi dori-darmonlar ichib yuruvchi kishilarga tavsiya etilmaydi. Shubha tug‘ilgan yoki bunday choyni ichish natijasida ko‘ngilsiz reaksiya bergan hollarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.