Tarix: Versiyalar orasidagi farq

141 bayt qoʻshildi ,  2 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
kTahrir izohi yoʻq
Oʻzbekistonda T. fani. T. fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi.
 
Oʻzbekistonning eng qadimgi T.i haqida moddiy madaniyat yodgorliyutri va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. 1mingyillikkaoidyozma manbalar, zardushtiylarning muqadsas Avesto kitobida, axomaniylar davri kitobalarida (Bihistun, Naqshi Rustam va boshqalar) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi T. i haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti T.i haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy T.ga bagʻishlangan Bayhaqiyning "Tarixi Bayhaqiy", Nasaviynnng "Siyrat asSultonas-Sulton Jalol adDinad-Din Mankburni", Nizomiddinning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fazlulloh ibn Ruzbexonning "Mehmonnomai Buxoro", Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma", Muhammad Yusuf munshiyning "Tarixi Muqimxoniy", Muhammad Amin Buxoriynmng "Ubaydullanoma" kabi asarlari yaratildi.
 
Yaʼkubiyning "Kitob albuldon" ("Mamlakatlar xaqida kitob"), Tabariyning "Tarixi Tabariy", Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"; maʼlum bir xudud tarixiga oid — mintaqaviy uslubdagi Narshaxiynpng "Tarixi Buxoro", Nasafiynshsh "Kitob alqand fi tarixi Samarqand" ("Samarkand tarixi haqida qanddek kitob") kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doyr turli maʼlumotlar bayon etilgan.
Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.
 
19-asrning 2yarmidan2-yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalkdari T.i, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning "Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg .", 1822; G. Meyendorfning "Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu", 1826; N. Xanikovning "Opisaniye Buxarskogo xanstva", 1843; [[Nikolay Ivanovich Veselovskiy|N. I. Veselovskiyning]] "Ocherki istorikogeograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremyon do nastoyahego", 1877; M. Terentyevning 3 jildli "Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii", 1906; D. Logofetning "Buxarskoye xanstvo pod russkim protektoratom", 1911; va boshqalar).
 
Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari T. sohasidagi i.t. lar koʻlami va mavzusiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati oʻzining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Chor maʼmuriyati i.t. ishlari uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutib, maʼlum miqdorda mablagʻ ajratdi. Ayni paytda ilgʻor rus olimlari, sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun Oʻrta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil etildi, u Oktyabr toʻntarishigacha faoliyat koʻrsatdi, tarix, arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Mahalliy millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qoʻlyozmalarini toʻplovchilar, qad. yodgorliklarni oʻrganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom polvon Asqarov va boshqa Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), oʻlkashunoslar va olimlar faoliyatida muhim turtki boʻldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V.I.Mejov tomonidan tuzilgan Oʻrta Osiyo va Turkiston T.iga oid maqolalar, asarlar, gaz.gazeta va jurnali materiallari toʻplangan "Turkiston toʻplami" (594 jilddan iborat) muhim joy oldi. Oʻzbekistonni tarixiymadaniy jihatdan oʻrganishga Peterburg untining sharq fakulteti maʼlum hissa qoʻshdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. [[Vasiliy Vyatkin|V. L. Vyatkin]] Samarqand yodgorliklarini oʻrganish jarayonida Ulugʻbek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold qad. qoʻlyozmalar maʼlumotlaridan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixi haqida asarlar yaratdi ("Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya", 1898—1900; "Svedeniya ob Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka", 1902; "K istorii orosheniya Turkestana" va boshqalar).
 
20-asrning boshida milliy davriy matbuot "Sadoi Fartna", "Sadoi Turkiston", "Oyna", "Najot", "Hurriyat" sahifalarida Oʻzbekiston T.i muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda T. fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida T. muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda T. fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U "Tarix va jugʻrofiya", "Turkiston tarixi", "Sart soʻzi majhuldir" kabi asarlarida faqatgina Vatan T.ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari T.ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning "Moziy istiqbolning tarozisidir", degan xitobi T. tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston T.ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.
Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.t.ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya T.i yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, T. fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda "sinfiylik" "bir xillik" tamoyili yuzaga kelib "tarixni sinfning oʻzi yaratadi" degan qoida qaror topdi.
 
Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy taʼlim tizimida T. taʼlimotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshlandi. T. fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Oʻrta Osiyo davlat unti, Samarqanddagi oliy ped. intidainstitutida koʻlyozma kitoblar, vaqfnomalar va vasiqalar yigʻilib, ilmiy talqin qilindi.
 
T. fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. Oʻzbekistonda agrar sugʻorish T.iga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k,ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumentoʻ XVI veka, T., 1937).
 
Oʻzbekistonda T. fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning oʻrni alohida. Bulat Soliyev milliy T. boʻyicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad., oʻrta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va koʻplab asarlarini, sharq qoʻlyozmalari maʼlumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, "Oʻzbekiston tarixi. XV— XIX ayerning birinchi yarmi", "Buxoro mangʻitlar sulolasi davrida" (1926), "Oʻrta Osiyo tarixi", "Oʻrta Osiyoda savdo kapitali" kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD tomonidan yoqib yuborilgan, uning oʻzi ham Oʻzbekiston ilgʻor milliy ziyolilarining katta qismi qatorida stalincha qatagʻon siyosati qurboni boʻldi. Bu siyosat T. fanining rivojlanishiga, albatta, salbiy taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina tarixchilar qatagʻon qilinganligiga qaramay, 40—60y.lar40—60-yillar T. fanida maʼlum yutuklar yuzaga keldi.
 
1943 yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi T. fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu intninginstitutning tashkil topishi, Oʻzbekiston arxeologiyasi va T. fani rivojida 1oʻzbek mutaxassisarxeologi Ya. GʻulomovnintGʻulomovning oʻrni alohidadir. Ya. Gʻulomov eng qad. davrlardan Oʻzbekistonda sugʻorma deqqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti T.i, oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari T.ini tadqiq qildi (mas., "Xorazmning sugʻorish tarixi qadimgi zamonlardan hozirgacha", T., 1957, 1959). Ya. Gʻulomov koʻpgina ilmiy nashrlarga masʼul muharrirlik xam qildi, u shogirdlar tayyorlab, oʻz ilmiy maktabini yaratdi.
 
Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Oʻzbekiston T.ini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. yakunlanib, 2 jildli "Oʻzbekiston xalklari tarixi" kitobi nashr etildi.
 
20-asrning 50—80y.larida50—80-yillarida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi T.i haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. T. fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A.A.Semyonov, [[Yahyo Gʻulomov|Ya. Gʻulomov]], [[Sabohat Azimjonova|S. Azimjonova]], [[Ahmadali Asqarov|A. Asqarov]], M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi T.ini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, T. fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlganligi tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada T.ni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 yilda boʻlib oʻtgan "Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati". mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga "ixtiyoriy qoʻshilish"i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.
T. fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917 yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. "Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli"ni koʻrsatish T. fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (1967—70 yillar), 1 jildli "Oʻzbekiston tarixi" monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.
 
80y.larning80-ylarning oxiridagi oshkoralik jarayoni T. fani sohasida taqiklangan, notoʻgʻri talqin qilingan muammolar atrofida munozara, yangi fikrlarni ilgari surish va tadqiqot olib borish imkoniyatini vujudga keltirdi. T. fanining eng dolzarb muammolari, ularni tadqiq qilish usuli va yondashuvlarini aniklab berishga qaratilgan ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. Bu davrga kelib Vatan tarixi ning koʻplab yetilgan masalalariga yangicha baho berildi: ilgari "bosmachilik" deb atalgan milliy ozoddik harakatlari, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga "qoʻshib olingan"ligi toʻgʻrisida qizgʻin bahsmunozaralar boʻlib oʻtdi; Oʻzbekistondagi jamoalashtirish va sanoatlashtirish tarixi qaytadan koʻrib chiqila boshladi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, T. fani sovet mafkurasi va uning goyaviy qoliplaridan ozod boʻldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtimoiy jarayonlar T. fani oldiga oʻzbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, taraqqiyotning turli bosqichlarida jahon hamjamiyatida uning oʻrni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targib qilish orqali millatning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari, madaniyati, qad. anʼanalariga qaytish vazifalarini qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish" haqidagi 1998 y. iyul qarori T. fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada T. tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi. IntdaInstitutda oʻz atrofiga mamlakat tarixchilarini birlashtirib, ularning saʼyharakatlari bilan mustaqil davlat ehtiyojlariga moye yangi yoʻnalishlar zaruriyatidan kelib chiqqan Oʻzbekiston tarixiga oid tadqiqotlarni maʼlum bir tizimga soluvchi "Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda T. fani sohasidagi i.t. lar ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada I. Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etgan "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" asari mugʻim rol oʻynadi. Unda prezidentimiz: "...tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini koʻrsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix — xalq maʼnaviyatining asosidir; ... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur", deb taʼkidlab, tarixchi.par oldiga anik, vazifalarni qoʻydi.
 
Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida — milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.