Nebraska: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri using AWB
k (via JWB)
Qator 36:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Nebraska''' — AQShning markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Maydoni 200,3 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Linkoln shahri; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, gʻarbiy chekkasida Qoyali togʻlarning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 500–700&nbsp;mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlar bor. N. — agrar-industrial shtat. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Chorvachilik, aso-san, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. N.ning sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Shtatning gʻarbiy qismidagi dare vodiysida sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. N.da ozrok, neft qazib olinadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->