Qirgʻiz tizmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, bal. 3 → balandligi 3 (2) using AWB
k (via JWB)
Qator 1:
'''Qirgʻiz tizmasi''' - Shimoliy [[Tyan-Shan|Tyanshan]]dagi tizma. Asosan, [[Qirgʻiziston]] hududida joylashgan. Uning gʻarbiy qismining shim.shimoliy yon bagʻri [[Qozogʻiston]] Respublikasi hududida. Uz. 380 km. Kenglik boʻylab gʻarbda [[Taroz]] shahridan, sharkda [[Chu]] daryosining [[Boʻoʻm darasi]]gacha choʻzilgan. Eng baland joyi 4857 m (Gʻarbiy Alamuddin choʻqqisi). Qirgʻiz tizmasi [[kaledon burmalanishi]] davrida shakllangan va yangi [[tektonik harakatlar]] taʼsirida koʻtarilgan [[antiklinoriy]]. [[Paleozoy]] davri [[granit]], [[granodiorit]], [[porfirit]], [[ohaktoshlar|ohaktosh]], [[konglomerat]], [[qumtosh]] kabi jinslaridan tuzilgan. Shim. yon bagʻri qiya, jan.da [[Chu vodiysi]]ni oʻz ichiga olgan. Yon bagʻirlarida 2500 m gacha [[dasht]], [[oʻrmon]]lar ([[qoraqaragʻay]], [[archa]]), undan yuqoriroqda sub-alp [[oʻtloq]]lari bor. 3700 m balandlikdan qor va [[muzlik]]lar boshlanadi (muzliklarning umumiy maydoni 223 km²). Tizmada Chu vodiysining Markaziy Tyanshan va Jan. Qirgʻizistonni bogʻlovchi bir necha [[dovon]] (Tyos-Ashuu, balandligi 3586 m, Shamsi. balandligi 3570 m va boshqalar) mavjud. TyosAshuu dovonidan [[Bishkek]] va [[Oʻsh (shahar)|Oʻsh]] shaharlarini bogʻlovchi [[avtomobil yoʻli]] oʻtgan. [[Termal suvlar|Termal]] [[buloqlar]] bor.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->