Togo: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
k (via JWB) |
||
Qator 6:
Togo Gvineya qoʻltigʻining shimoliy sohilida joylashgan va dengiz boʻyi akkumulyativ pasttekisligidan, markaziy qismi tekislik va 200–400 m balandlikdagi platodan iborat. Eng baland joyi Togo togidagi Bauman choʻqqisi (986 m). Shimoli-sharqda Atakoro tizmasi bor. Shimoli-gʻarbiy chekkasida Oti daryosi vodiysi joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, oltin, marmar, osh tuzi, fosforit, xromit, boksit bor. Iklimi subekvatorial. Oʻrtacha oylik temperatura 20–25° dan 28–32° gacha, yillik yogʻin sohilda 600–800 mm dan tekislik va markaziy platoda 1200–1700 mm gacha. Yirik daryolari: Mono va Oti yogʻingarchilik mavsumida sersuv. Togo koʻli goyat xushmanzara. Baland oʻsadigan savannalar, dare vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Yirik hayvonlardan fil, arslon, qoplon, kiyik, chiyaboʻri, jirafa, begemot, timsoh va boshqa, oʻrmonda maymun, ilon koʻp. Hayvonot dunyosini mugʻofaza qilish uchun Kve, Keran milliy boglari, Fazao, Malfakasa va boshqa qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
==Aholisi==
Togoda 45 ga yaqin xalq va etnik guruh bor; mamlakat janubiy va markaziy qismida kva tillarida soʻzlashuvchi xalk^ar (eve, yoruba, mina va boshqalar), qirlarda va ayniqsa Gana bilan chegaraga yaqin joylarda togo,
==Tarixi==
Arxeologiya topilmalari Togo hududida odam qadimdan yashaganligi va moddiy madaniyat darajasi yuqori boʻlganligidan darak beradi. 15-asr oʻrtalarida portugaliyaliklar bu yerga kelib, kora tanli qullarni Amerikaga sotish uchun olib keta boshlaganlar. 17– 18-asrlarda qul savdosi avj olishi natijasida Togoning
==Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari==
Togo xalqi birlashmasi partiyasi, 1969 yil tuzilgan; Yangilanish uchun harakat qoʻmitasi partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Adolat va demokratiya yoʻlidagi ittifoq partiyasi, 1991 yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyotni qoʻllab quvvatlash birlashmasi partiyasi; Yangi kuchlarni muvofiklashtirish partiyasi, 1993 yil tuzilgan. Togo mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1973 yil asos solingan.
==Xoʻjaligi==
Togo – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 32%, sanoatniki 23%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 45%. Qishloq xoʻjaligida agʻolining 3/4 qismi band. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 3,5 mln. gektar. Hududining 41% haydaladigan yer va koʻp yillik ekinzorlar, 36%ga yaqini oʻtloq va yaylov. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Ichki ehtiyoj uchun maniok, yams, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, sholi, eksport uchun kofe, kakao, ham ichki ehtiyoj, ham chetga sotish uchun paxta, moyli ekinlar, kokos palmasi, yer yongʻoq, kanakunjut va boshqa yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan. Oz miqdorda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, uy parrandasi boqiladi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq ovlanadi. Yovvoyi mevalarni terish va ovchilikning ahamiyati katta. Sanoatining yangi tarmoqlari mustaqillik yillarida (konchilik, kimyo, toʻqimachilik, metallurgiya, sement) vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarish. surʼatlari oshdi. Asosan, mayda korxonalar mavjud, hunarmandchilik rivojlangan. Lome poytaxt zonasi, shu jumladan dengiz porti zonasi asosiy ishlab chiqarish. markazidir. 70-yillarning oxiridan Togoning shimoli-sharqiy qismida ham sanoat rivojlana boshladi. Mamlakat
==Transporti==
Temir yoʻli uzunligi 395 km, avtomobil yoʻllari uz. 12 ming km, Lome shahridan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yoʻlovchilar va pochta tashiladi. Lome shahri yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. Togo chetga fosforit, sement, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Fransiya hamda Kot d’ Ivuar, Nigeriya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki.
Qator 20:
Togoda nashr etiladigan gaz. va jurlar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik Togolez" ("Togo Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilidagi kundalik xabarnomasi), "Togopress" (fransuz, eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1962 yildan), "Togo dialog" (hukumatning oylik jurnali), "Evey dyu Travayer Togole" ("Togo meqnatkashlarining uygʻonishi" (1 oyda 2 marta chiqadigan gaz.,). Togo matbuot agentligi 1975 yil tashkil etilgan. Togo (Xalqaro) radioeshittirishi – Lome radiosiga 1953 yil, Togo (Milliy) radioeshittirishiga 1979 yil asos solingan.
==Meʼmorligi va tasviriy sanʼati==
Togo qishloqlari koʻpincha qir yon bagʻirlariga joylashgan boʻlib, muayyan rejasiz qurilgan. Oʻrmonlar orasida doyra shaklida loydan qurilgan konussimon poxol tomli uylar uchraydi. Togli va janubiy viloyatlarda uylar yogʻochdan toʻrt burchakli, tomi yassi yoki ikki tomonga nishab qilib, laguna sohillarida esa qoziq oyoklar ustiga quriladi. Shim,da atrofi devor bilan oʻralgan, bir necha 2–3 qavatli uylardan iborat qoʻrgʻonlar quriladi, Lome, Anexo, Kpalime, Sokode, SansanneMongo shaharlarida maʼmuriy markazlar va yangi turar joy mavzelarida yevropacha binolar zamonaviy material hamda konstruksiyalardan qurilgan. Togo
==Teatr sanʼati==
Togo xalqlarining madaniy merosi, chunonchi anʼanaviy urfodat va marosimlar, xalq bayramlari asosida shakllangan. Griotlar – sayyor baxshilar, xonanda va sozandalar ijodi xalq teatrini vujudga keltirish va rivojlantirishda boy manba boʻlib xizmat qildi. Ularning koʻngilochar hajviy tomoshalarida xasislik, yolgʻonchilik, riyokorlik mazax qilinardi. 20-asrning 40-yillarida zamonaviy teatr rivojlandi. Maktablarda havaskorlik toʻgaraklari tashkil etildi. 60-yillarda havaskor teatr jamoalari paydo boʻldi. 1963 yil dramaturglar M. Aytnard va D. Ananu rahbarligida Togo yoshlarining teatr va folklor guruhi faoliyat boshladi. Lomedagi "Agokoli" yarim professional truppasi 70–80-yillarda ayniqsa mashhur boʻldi. 1974 yil davlat koʻmagi bilan teatr, balet va musiqa seksiyalaridan iborat professional Togo milliy truppasi tuzildi. 1970 yildan drama sanʼati va xalq qoʻshiqlari koʻrikfestivallari oʻtkaziladi.
|