Zimbabve: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 1:
{{Zimbabve info}}
'''Zimbabve''' (Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (Republic of Zimbabwe) — Afrika janubidagijanubdagi davlat. [[BMT]] aʼzosi. Mayd. 390,76 ming km{{sup|2}}. Aholisi 11,5 mln. kishi (2001). Poytaxti [[Xarare|Harare]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (province)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Zimbabvening katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi – Inyanga togʻi, 2596 m). Hududi aksar qismining bal. – 800–1500 m. Platolar shimoida Zambezi daryosi vodiysiga, janubidajanubda esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshkoʻmir, asbest. Iklimi mamlakatning shimoliy qismida ekvatorial mussoili, janubidajanubda tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanvar)ning oʻrtacha temperaturasi 21–27°; eng salqin oyi (iyul)niki 10–17°. Oʻrtacha yillik yogʻin janubi-gʻarbda 300–700 mm dan Inyanga togʻi sharqiy etaklarida 1000–2000 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining oʻrta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuprokli yerlarda oʻsadigan savannalardan iborat, janubiy quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilmaxil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri va boshqalar. Zimbabveda umumiy maydoni 26 ming km{{sup|2}} milliy bogʻ va noyob hayvonlar saklanadigan qoʻriqxonalar bor. Yiriklari – Xvange, Matusadona, Viktoriya-Fole, Mana-Puls va boshqalar. Aholisining 90% mashona va matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4 %. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy anʼanaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Harare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo.
 
== Tarixi ==