Filippin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 16:
 
== Tarixi ==
F. xududida miloddan avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan janubiy mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564 yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shimoliy qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (janubidagijanubdagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892 yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897 yil 22 martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898 yil aprelda Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898 yil 12 iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934 yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 yil 4 iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 22 yanvarda tan olgan va oʻsha yil 13 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==